wrapper

Yangiliklar

Tavsiyalar

Tavsiyalar (3)

Bolaning asab sistemasi va psixologik testlar

Savol: Bebosh bola sindromini to‘g‘ri aniqlashda qanday nevrologik tekshiruvlar o‘tkazilishi kerak?

Javob: Bolaning albatta asab sistemasini tekshirish kerak. Masalan elektroensefalografiya (EEG) orqali miyaning funksional holatini aniqlash mumkin. Bu tekshiruv bola uchun mutloqo bezarar. Ba’zida MRT tekshiruvini o‘tkazish zarurati tug‘ilishi mumkin. Biroq ular faqat nevropatolog tavsiyasi bilan o‘tkaziladi. Ba’zan ota-onalar o‘zlari ushbu tekshiruvlarni o‘tkazib yurishadi. Bunday qilish noto‘g‘ri! Bolangizga ushbu tekshiruv shart bo‘lmasligi mumkin.

Bebosh bola sindromida bir qator nevrologik belgilar mavjud bo‘lib, ularni to‘g‘ri tahlil qilmaslik diagnostik xatolarga sababchi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa harakat koordinatsiyasi va muvozanatining buzilishi eng ko‘p uchraydi, qo‘llarda titroq ham bo‘lishi, ko‘p terlash, oyoq-qo‘llarninsh uchi muzlab yurishi, uyqu buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Ushbu kasallikda tunda tagiga siyib chiqish, ya’ni tungi enurez ham ko‘p uchraydi. Bunday bolalar kechasi qotib uxlashadi va ularning aksariyati yotgan joyiga siyib qo‘ysa ham uyg‘onib ketishmaydi. Bu odatda tungi enurezning og‘ir turi bo‘lib faol davolashni talab qiladi. Shuningdek ushbu bolalarda ba’zan tutqanoq hurujlari ham kuzatiladi. Bunday hurujlar hulq-atvor o‘zgarishlarini yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.

“Bebosh bola” sindromi va uni bartaraf qilish yo‘llari

Savol: Zarifboy Rajapovich! Nima uchun bolalarda ham asab buzilishlari ko‘p uchraydi. Buning asosiy sababi nima? Noto‘g‘ri tarbiyami yoki biror-bir kasallik asoratimi?

Chunki…

Javob: Unisiyam, bunisiyam! Chunki noto‘g‘ri tarbiya ham, bosh miya kasalliklari ham bolaning hulqatvorini keskin o‘zgartirib yuboradi. Chunki bolaning miyasi nafaqat anatomik jihatdan kattalashib va shakllanib boradi, balki tashqarida bo‘layotgan barcha salbiy va ijobiy ma’lumotlarni ham bola xotirasida saqlab boradi. Ko‘p o‘tmay ota-ona ham, jamiyat ham ularning natijasini bolaning hulqatvorida ko‘radi. Bolaning yashash tarzi asosan taqlidga asoslanganligini unutmaslik kerak.

“Bebosh bola” sindromi va uni bartaraf qilish yo‘llari (Davomi)

Savol: Bolalarda asab buzilishlarining belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Tashxis qo‘yishda nimalarga e’tibor qaratmoq kerak?

Javob: Bolalarda kuzatiladigan asabiy-ruhiy buzilishlar alomatlari turli-tumandir. Jahldorlik, ishtaha pasayishi yoki yo‘qolishi, uyqu buzilishi, ruhan tez charchab qolish, fanlarni o‘zlashtirishning susayib ketishi, xotira pasayishi, qo‘rqish kabi belgilar shular jumlasidan. Asabiy-ruhiy buzilishlar ba’zi bolalarda xavotir, qo‘rquv va ko‘p terlash bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek, qo‘llar titrashi, duduqlanib gapirish va enurez ham kuzatilib turadi.

Giperdinamik sindrom va tiklar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Chunki bu sindromlar bolalar orasida ko‘p tarqalgan.
Beo‘xshov harakatlari juda ko‘p, jaxldor, yig‘loqi, ota-onasining gapiga kirmaydigan, o‘z bilganidan qolmaydigan, parishonxotir, aka-ukalari va o‘z tengdoshlari bilan chiqisha olmaydigan, o‘jar va qaysar bolalarda uchraydigan simptomlar majmuasiga giperdinamik sindrom deb aytiladi.

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 15 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family