wrapper

Yangiliklar

Matematika darsida o’quvchilar faolligini oshirish usullari

Yusupova Muhayyo  Abdumo’minovna, - oliy toifali matematika fani o’qituvchisi,                

Xalq ta’imi a’lochisi, Andijon viloyati,  Qorasuv shahar 5-maktab

 

      Bugungi kun talabi-o’quvchilarga berilayotgan ta’lim sifati va samaradorligini  oshirishdan iborat ekanligi barchamizga ayon. Bu vazifani amalga oshirish  darslarga  zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirishni taqozo etmoqda. Mahoratli, tajribali o’qituvchilar faoliyati davomida ilg’or pеdagogik tеxnologiyalarni o’quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlab  olmoqdalar va amaliyotga tatbiq etmoqdalar.

 

   Pеdagogik tеxnologiyalarning asosiylaridan biri –shaxsga yo’naltirilgan darsdir. Uning  asosiy talablari o’quvchilarning bilim olish faolligini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iborat. Maqsadi - dars jarayonida butun sinfning faolligini oshirish uchun muhit yaratishdir. Bunday darsda o’quvchilar  o’z fikrini erkin bildiradilar, xato qilishga yoki noto’g’ri javob berishga cho’chimasdan topshiriqlarni bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek, bunday darslarda o’quvchining qanday usulda masalani yеchimini topishni  o’zi tanlashga intilishiga sharoit yaratiladi, dars davomida boshqa o’quvchilarning ish usullarini tahlil qilish, eng qulay usullarni tanlash, o’zlashtirish imkoni paydo bo’ladi. O’quvchiga tazyiq o’tkazilmaydi, hamda kamchiliklari  bo’rttirmaydi.

     Matematika darslarini ham shaxsga yo’naltirilgan dars sifatida o’tish imkonini beruvchi usullardan biri-  “Piramida”  o’yinidir. Bu o’yin  o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki matematikaning biron bir bo’limi tugallanganda, o’tilgan mavzularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash uchun mo’ljallangan.O’yinni  kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.

          Bu o’yinda savollar piramida shaklidagi plakatda beriladi:

 

            O’yin uchun 10 ta raqam ( 0 dan 9 gacha) yozilgan sharcha, o’tilgan mavzularga oid 10 ta savol yoki misollar kerak bo’ladi.

         O’yinda quyidagicha tashkil etiladi:

   Sharchalar lototronga solinib,aylantiriladi va bitta sharcha tanlab olinadi.Ana shu raqamdagi topshiriq bajariladi (Agar lototron yasash imkoni bo’lmasa, sharchalarni qopchaga joylab aralashtirish va undan ko’zni yumgan holda bittasi tanlab olish ham mumkin).

   A,B,C,D kategoriyadagi savollar quyidagicha tuziladi:

   D – sodda  testlar bo’lib, to’g’ri javob uchun 1 ball;

   C -  mavzuga oid qoidalar, ta’rif va teoremalar bo’lib, to’g’ri javob uchun  2 ball;  

   B- Misol yoki masalalar beriladi, to’g’ri javob uchun 3 ball; 

   A – murakkab misol bo’lib, to’g’ri javob uchun 4 ball;

Jami ball: D kategoriyada -  4·1= 4 ball

               C kategoriyada -  3 ·2 = 6 ball

      B kategoriyada -  2·3 = 6 ball

                A kategoriyada -  1·4 = 4 ball

                         Jami:                20 ball

Bu o’yinni 8-sinflardagi  algebra fanidagi “Kvadrat tenglamalarni yechish” mavzusiga quyidagicha  qo’llash mumkin: 

   D  kategoriya uchun topshiriqlar:

0  raqamli katakda: Quyidagilardan qaysi biri kvadrat tenglamaga misol bo’ladi?

A) 2x+6 = 0      B) 2x2+6x-5 = 0     C) 2+6x3 -5x=0 

1 raqamli katakda: -4x2 – 7x - 2 = 0 kvadrat tenglamada ozod had nechaga teng?

A) -4 ga                B) -7 ga            C) -2 ga

2 raqamli katakda: Kvadrat tenglama qachon haqiqiy ildizlarga ega bo’ladi?

A) D>0 da              B) D<0 da        C) D=0 da

3 raqamli katakda: Keltirilgan kvadrat tenglamani ko’rsating:

A) 5x2-6x+1 = 0      B) x2-3x-4 = 0      C) 3x2-x+2 = 0

 

C kategoriya uchun topshiriqlar:

4 raqamli katakda: Kvadrat tenglamaga ta’rif bering.

5 raqamli katakda: Viyet teoremasini ayting.

6 raqamli katakda: Keltirilgan kvadrat tenglama nima?

           

          B kategoriya uchun topshiriqlar:

7 raqamli katakda: 3x2 +11x+6 = 0 tenglamani yeching.

8 raqamli katakda: x2 +6x – 40 = 0 tenglamani yeching.

       

        A kategoriya uchun topshiriqlar: 

9 raqamli katakda: Ko’paytuvchilarga ajrating:

                                        x3 – 9x2 -22x 

O’yindagi ishtirokchilar sonini tanlash va uni tashkil etish o’qituvchinig mahoratiga bog’liq.

Masalan, agar bu o’yindan  o’quvchilarni individual baholash uchun foydalanilsa,  unda bitta “Piramida” plakati yetarli,  kichik  guruhlar bilan ishlash jarayonida, masalan, 3 ta guruh bilan ishlashda qo’llanilsa, u holda tetraedr shaklida yasalgan (barcha tomonlari  teng tomonli uchburchakdan tashkil topgan) piramidadan foydalaniladi. Bunda uchta tomonni uch xil rangda bo’lishi, guruhlarga beriladigan tarqatmalar ham shu rangli kartochkalarda  berilishi maqsadga muvofiq.

        O’qituvchilar  uchun bunday o’yinlar ko’p mеhnat talab qiladigan mashg’ulot turi hisoblanadi.Ularni o’tkazishga tayyorlanish pеdagogdan ko’p vaqt  va kuch sarflashini talab etadi. Lekin uning natijasi va o’quvchilar faolligini oshirishga xizmat qilishi hamda an’anaviy darslardan ustunligi , asosiysi - ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga olib kelishi bilan  o’zining afzalligini namoyon qiladi.

  Xulosa o’rnida: yuqorida berilgan “Piramida” o’yini kabi  usullar  matematika darsi jarayonida “muvaffaqiyat muhitini” yaratadi, o’quvchiga o’qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bеradi,uning  faolligini oshiradi, o’z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttiradi.

Last modified on Seshanba, 18 Aprel 2017
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 26 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family