wrapper

Yangiliklar

Matematika va iqtisod – do’st-inoqdir umrbod

       Ushbu tadbir matematika va iqtisod fanining uzviy bog’liqligini ochib berishga yordam beradi. Xona bayramona bezatilgan,  matematik va iqtisodiy formulalar, allomalar rasmlari, shior va hikmatli so’zlar ilingan.

    Maqsad: a) “Murakkab fanni o’rganaman” tadbirini  amalga oshirish;

               

                  b) o’qitishda fanlararo bog’lanishni ochib berish;

   

                  d) o’quvchilarda ijtimoiy faollik kompetensiyasini  shakllantirish. 

 

 

 O’qituvchi:-  Assalomu alaykum aziz o’quvchilar, qadrli mehmonlar!

Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari B.Daniyarov tashabbusi bilan “Murakkab fanni - o‘rganaman” deb nomlangan, fizika, matematika, kimyo, biologiya va boshqa o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan fanlar bo‘yicha darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishga qaratilgan tadbirlar kompleksini  amalga oshirishga asoslangan ko’rgazmali-amaliy tadbirimizni tayyorladik. Marhamat, tinglab tomosha qilinglar.

 

1-boshlovchi:

Odobning ilk so`zidir 

Assalom-u alaykum

Odobning qosh ko`zidir

Assalomu- alaykum

2-boshlovchi:

Barchangizga birdеk yoqar

O`zbеgimning kalomi

Barchangizga dеymiz doim

Assalomu- alaykum

 

1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va o`quvchilar, maktabimizga tashrif  buyurgan aziz mehmonlar!

 

2-boshlovchi: Bugungi matеmatika fan oyligi uchun tayyorlangan  kеchamizga xush kеlibsiz. 

 

1-boshlovchi: Bugun biz e’tiboringizga matematika va iqtisod fanining ahamiyati, uning rivojlanishiga hissa qo’shgan allomalarimiz, ularning nazariya va qarashlariga qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz.

 

1-o’quvchi: Hisobini bilmagan

Hamyonidan ayrilar

Buni bilgan bolalar

“AL-JABR”ga qayrilar 

Iqtisod ham zarur, shart 

Matematikaga muhabbat 

 

2-o’quvchi: Kimki bilsa to’rt amal

Iqtisod  ishin qilar hal

Qo’shish, ayrish va bo’lish

Yoki butundan ulush

Bilsang ta’rif, qoida

Daromad ham joyida

 

3-o’quvchi: Kim o’rgansa karrani

Tez egallar marrani

Hech kimdan yemas dakki

Foyda ham bo’lmas  chakki

O’rtoq sen ham yod olgin

Bor kuching ishga solgin.

         

          4-o’quvchi: Bizning quvnoq davraga

Xush kelibsiz, marhabo!

Matematika bilan siz

Hamroh bo’ling doimo

 

            5-o’quvchi: Matematika kerak

Har bir o’g’ilva qizga

Aqlini va fikrini 

Soladi yaxshi izga

 

6-o’quvchi: Biz uchun zarurdir iqtisod fani,

Uni o’rganmasdan yashab ko’r, qani.

Hisob, iqtisodning asosi birdir,

Shahd ayla, fanlarning mag’zini qidir. 

 

2-boshlovchi: Endi navbat allomalar dahosiga

  Bayon etay ular ilmiy merosini 

  Iqtisodiy tafakkurlar tarixida

  So’nmas yulduz kabi turgan siymosini

   

4-o’quvchi: Arastu- Aristotel   o’z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. U Aleksandr Makedonskiyning ustozi, qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri bo’lib, o’rta asr Sharqida “Birinchi muallim”, deb atalgan.

5-o’quvchi: Ksenofont- mehnat taqsimotining ahamiyatini, uning bozor o’lchamlariga bog’liq ekanligini, pul maxsus Tovar ekanligini ta’kidlagan.

 

6-o’quvchi: Muhammad Muso Al Xorazmiy – o’nlik sanoq sistemasini fanga kiritgan.

 

1-o’quvchi: Abu Rayhon Beruniy – proporsiyaga oid masalalarni yechishning 3 miqdor va 5 miqdor qoidasini fanga kiritgan.

 

2-o’quvchi: Adam Smit- fanga “ko’rinmas qo’l qoidasi” ni kiritgan.

 

3-o’quvchi: Abu Ali Ibn Sino – ehtiyoj tushunchasiga ta’rif bergan, “Iste’mol savatchasi va inson omili”  tushunchasiga fikr bildirgan.

 

4-o’quvchi: Alisher Navoiy – iqtisodiy qarashlarining markazida davlatning o’rnini ko’rsatib bergan.

 

5-o’quvchi: Alfred Marshal – iqtisodiy nazariyaga matematikani tatbiq qildi va “Marshal qaychisi ” deb nom olgan grafikni tasvirladi.

 

6-o’quvchi: Zahiriddin Muhammad Bobur- soliq va pul siyosati sohasida, tashqi savdo va iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirdi.

 

  • o’quvchi: Karl Gauss- arifmetik progressiya dastlabki n ta hadining yig;indisini topish formulasini fanga kiritgan.

 

          2-o’quvchi: Jon Meynard Keyns – bozor iqtisodiyoti tizimida davlatning rolini ko’rsatib berdi.

 

3-o’quvchi:  Islom Abdug’aniyevich Karimov – bozor iqtisodiga o’tish “o’zbek modeli”  ning asoschisi.

 

(Allomalarni tanishtirish jarayonida ularning rasmlari slayd orqali namoyish qilib boriladi)

 

1-boshlovchi: Hozir navbatni iqtisod va matematika fanining yana bir uzviy bog’liqligini ko’rsatib beruvchi Bobo dehqon tadbirkor-davrimizga madadkor” deb nomlangan zamonaviy –matematik ertakka beramiz.

 

2-boshlovchi:  Bu ertakning yana bir muhim jihati shundaki, unda matematik topshiriqlar bilan bir qatorda uning jozibasi, ya’ni qog’ozdan shakllar yasash usullari namoyish qilib boriladi.(she;rda bu qog’ozdan yasaladigan shakllar qizil rangda ajratib ko’rsatilgan)

 

Yaqin o’tgan zamonda 

Qo’rg’ontepa tomonda 

Bir tadbirkor bor ekan 

Hovlisi gulzor ekan 

O’lkadagi istiqlol 

Unga berdi zo’r iqbol 

 

             Turmushi tinch ,osuda 

             Yashashdan maqsad shu –da 

 

Jamiyatda bo’layotgan islohotlar

Iqtisodiy o’zgarishlar, zo’r niyatlar 

Otaxonni shirkat tomon yetakladi

Ijaraga 40 gektar yer tanladi:

 

 

“O’zbekning g’ururi,azaliy paxta 

To’rtdan uch qismiga ekayin shartta 

Ikkinchi non deydilar kartoshkani

Yerning to’rtdan biriga ekayin uni”.

 

 

Oilada mashvarat ham bo’lib o’tdi 

So’zlash navbati otaxonga yetdi:

“O’g’illarim, ish boshladik, niyat katta

Orzularga yetish uchun biz albatta 

 

Izlanamiz,mehnat qilib hech tolmaymiz 

Maslakdosh do’stlardan ortda qolmaymiz.

Er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar

El ishqida yongan inson oromidan ham kechar

 

Paxta bizning g’ururimiz, ham shonimiz 

G’aniimatdir fursatimiz, har onimiz 

Plyo’nkaning ostiga qadab chigit 

Mehnat qilib tolmaymik, misli yigit

 

 

“Sara urug’-hosil bo’lug’”-deya ota 

Nav haqida gapirdi qayta-qayta 

Kartoshka –chun Golland navin ma’qul topdilar 

Shu qaror –la yig’ilishni yopdilar.

 

 Bor tajriba mahoratni ishga soldi 

Gollandiya borish uchun chipta oldi.

Samolyotga o’tirdi  u, uzoq –yaqin 

Ko’zlarida o’t porladi misli chaqin.

 

Ishbilramon do’stlaridan oldi maslahat 

Dedi: “Do’st maslahati oltindan qimmat ”

Otaxonning ishi bitdi, dimog’i chog’

Ko’ngli juda ko’tarilgan, misoli tog’

 

“Shunday joydan sovg’a olmay ketsam bo’lmas 

“Supermarket” ishtiyoqi uyga qo’ymas “

O’g’illar –chun ko’ylak va shim qildi harid 

Sevimli nabiraga shirin bir - konfet.

 

 

Davra stollarda qilingan suhbat 

Ijobiy natija beradi albat

Reja uddalandi,  yorug’ yuz bugun

Axir izlandilar, demay kunu-tun.

 

Kartoshkaning hosili juda ham sarhil 

Dehqon bobo rangi kabi qip-qizil 

Yuz yigirma tonna aytishga oson. 

Axir kartoshkasiz qaynamas qozon 

 

Hosilning yarmini shartnoma uchun 

Chorak qismin esa urug’lik uchun 

Ota uni o’z o’rnida taqsimladi 

Qolgan qismin  esa qish fasliga g’amladi.

 

Mana, bugun tadbirkorga ochiq eshik   

Ona yurtning tuprog’idir oltin beshik 

Oilaning orzusi ko’p, niyat ulug’

Davlatimiz ertasi ham albat buyuk.

 

“Orolimiz albat suvga to’lg’usidir

Moviy orol uzra kema suzgusidir.

Inshoalloh, o’g’lim, orzularga yetamiz 

Buning uchun ne ish bo’lsa qilamiz “.

 

Mana bugun yurtimizda o’zgarishlar ko’p bo’ldi 

Pul jamg’ardik, hayotimiz to’kin-sochin, mo’l bo’ldi .

1,2,3,4,………10 million 

Xo’jalikning daromadi shu foydaga teng bo’ldi.

“Oilamiz niyati bor yana bitta 

Jamg’armamiz yig’ilsa xususiy bankda “

 

Tadbirkorlar bor bo’ling 

Qatordagi nor bo’ling 

El g’amida ishlayapsiz, bo’ling omon 

O’zligingiz ko’rsatishga keldi zamon.

 

Haydar ota murod-maqsadga yetdi

Shu bilan ertagimiz tamom, bitdi .

 

O’qituvchi: Aziz o’quvchilar. Ertakdan yasalgan shakllar  va ularning iqtisod fanidagi ekvivalentligini ko’rishimiz mumkin:

Kvadrat Gektar 

Paxta maydoni Texnik ekin 

Kartoshka maydoni Ikkinchi non

Etik Mehnat 

Samolyot Tashqi savdo 

Jemfer Tovar

Shim Tovar

Konfet  Savdo

Stol  O’zaro hankorlik 

Eshik Tadbirkorlik 

Kema           Ekologiya 

Yelkanli kema Iqtisodiy muammo 

Bank           Pul

 

O’qituvchi: Ma’lumki, iqtisodiy bilim asoslari matematika fani taraqqiyotiga e’tibor bersak, bu fanlar biri-biri bilan yaqin va bog’liqdir. Bu fanlar kesimida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan mavzularni  fanlararo bog’lab, hayotiy misollar yordamida o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarini to’ldirishga harakat  qilmoqdamiz.Bu borada “Iqtisodda matematika” darslari muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Iqtisodiy  masalalar  o’quvchida matematik kompetensiyani o’stirishda  yordam beradi. 

Iqtisodiy bilim asoslari va matematika fanidagi ba’zi bir mavzular bir-birini mantiqan to’ldirib, boyitib boradi desak adashmaymiz. Jumladan:

  • Ikki  nisbatning  tengligi, ya’ni proporsiya mavzuimiz deyarli har kuni hayotimizda uchraydi. Ikki o’quvchi misolida ikkita masalaning yechimini matematik va  iqtisodiy usulda yechilishini ko’rsatamiz (masalaning sharti slayd orqali beriladi)

 

  • Xusayni uzumning  2 kg  2400 so’mdan sotilmoqda. Shu uzumning 3 kg qancha turadi?

 

1-o ’quvchi bu masalani matematik yo’l bilan yechadi, ya’ni

 

2 kg – 2400 so’m

3 kg – x so’m

 

x = 

 

Javob: 3600 so’m.

 

2-o’quvchi iqtisodiy yo’l bilan  yechadi:

 

  • Javob: 2400: 2 = 1200
  • 3*1200  = 3600 

Javob: 3600 so’m.

 

O’qituvchi: Ko’rinib turibdiki, ikkinchi o’quvchimiz masalani tezroq hal qildi. Demak, masalani iqtisodiy hal qilish o’quvchilarda  ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini, ya’ni  o’quvchilarning matematik qobiliyatini kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish uchun ishlata olishni shakllantiradi.

      Yuqori sinfga o’tgani sari o’quvchilarning  matematikani o’zlashtirishlari pasayib ketishi hech kimga sir emas. “Matematika saltanati” ga kirish  o’quvchida qo’rquv hissini uyg’otadi. Shunday holatda iqtisodga murojaat qilamiz.Marhamat, badiiy chiqishni tomosha qiling. 

(Funksiya, talab, argument va narx, ularning bog’liqligi sahna ko’rinishida ochib beriladi.Har bir tushunchaga she’r aytilayotganda ularning berilishi harakatlarda va kiyimlarida aks ettirib boriladi.  Koordinata tekisligi, to’q’ri chiziqlarning 3 xil holatda berilishi, narx va miqdor bog’liqligi  rangli  tasmalar yordamida o’quvchilar ishtirokida ko’rsatib beriladi. )

1-boshlovchi: Funksiya" so`zi lotincha „functio" so`zidan olingan bo`lib, u „amalga oshirish", „bajarish" degan ma'noni bildiradi. Funksiyaning dastlabki ta'riflari G.Leybnis (1646—1716), I. Bernulli (1667—1748),
N.I. Lobachevskiy (1792—1856) asarlarida berilgan. P.L. Dirixle (1805—1859) kiritgan ta'rif maktab darsliklarida berilgan ta'rifga yaqin. 

 

2-boshlovchi: Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy  (973—1048) ham o`z asarlarida funksiya tushunchasidan, uning xossalaridan foydalangan. Abu Rayhon Beruniy mashhur „Qonuni Ma'sudiy" asarining 6- maqolasida argument (erkli o`zgaruvchi) va funksiyaning (erksiz o`zgaruvchining) o`zgarish oraliqlari, funksiyaning ishoralari, eng katta va eng kichik qiymatlarini ta'riflaydi.

 

1-o’quvchi: Funksiya – bu matematika shunday o’lchovki, boshqaga bog’liq ravishda o’zgaradi. 

 

2-o’quvchi: Talab - bu ehtiyojning pul bilan ta’minlanganligi, narxga bog’liq ravishda o’zgaradi.

 

3-o’quvchi: Funksiya- fiziologiyada – organizmdagi hujayra va to’qimalarning hayotiy faoliyati.

 

4-o’quvchi: Talab – bu to’lovga qobil ehtiyojdir.

 

5-o’quvchi: Funksiya – bu qonundir.Uning o’zgarishi boshqa argumentning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.

 

6- Talab – xaridorning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi.

 

1-o’quvchi: Funksiya – biror bir narsaning harakatlantiruvchi kuchidir.

 

2-o’quvchi: Talab- bozorning harakatlantiruvchi kuchidir.

 

3-o’quvchi: Funksiya –bu o’zi kattalikdir.

 

4-o’quvchi: Talab bo’lsa,  p= -aq +b ko’rinishdagi chiziqli funksiyadir.

 

5-o’quvchi: Funksiya –majburiyat , shaxsning faoliyat doirasidir.

 

6-o’quvchi: Talab- insonning orzu-istaklari me’zonidir. 

 

1-o’quvchi: Funksiya – inson organizmidagi organlarning ishlab chiqargan mahsulotidir.

 

2-o’quvchi: Talab- insonni ishlashga majbur qiluvchi kuchdir.

 

Talab:   - Men talabman!

Insonlarda bor xislat.

Gar mirishkor bo’lmasa

Ishi bitmay yurar orzulab.

Men uchun yuguradi, yeladi

Charchash nima bilmaydi

Orzulari yo’lida

Hayronlikda qoladi.

 

Funksiya: - Voy, o’rtoqjon, men funksiya

Qonundirman o’lchovni.

Tekislikda men tanho

Xo’jayin son nurini.

Men bo’lmasamchi, o’rtoq

Hujayrani bosadi mudroq.

Olam ichra harakatda

Men tanhoman, albatta.

Argument: - Funksiyaning maqtanishi

Lol qilar meni, qarang.

Men xohlasam-chi agar

Uning holi bo’lar tang.

Hech joyidan jilolmas,

Qonun tugul “aksioma” bo’lolmas

Bunchalar kibru-havo

Hech narsaga kerakmas.

 

Narx: -Nimasini aytaysiz,

O’rtoqjon, men ham hayron.

Talab maqtanar chunon.

Bilmaydiki, xohlasam,

Ehtiyojda qolar u.

Narxim  yuqori bo’lsa,

Kam miqdorda bo’lar u.

Ko’rsataylik ularga 

Nelarga qodirmiz biz.

Men qisqa fursat ichra

Uchdan beshga o’zgaray,

Qani talaboy holi nedir

Nolga qarab yurmoqdami?

Orzularda qolmoqdami?

 

Argument: - Tog’ri chiziq bunda hozir,

O’rtog’im narx, zo’r nozir

Pasayib borishin xohlar

Lek talab o’zin o’ylar.

Talab hamda  funksiya

O’sib borishga  shaylar.

 

Talab va funksiya: - Bo’ldi, bo’ldi, biz mag’lub

Siz erklisiz, biz erksiz

Siz bilan o’zgaramiz

Siz bilam bo’glanamiz.

Ikkovlon chizib chiziq

Ataylik, to’g’ri chiziq.

 

 

  ()’quvchilar lenta yordamida yuqoridagi grafikni hosil qiladilar)

 

O’qituvchi:  9-sinfdagi arifmetik progressiya mavzusi iqtisodiy bilim asoslari fanidagi amortizatsiya mavzusi bilan bog’liq. Keling, shu yerda tarixga nazar tashlaylik.

 

(Gaussning  arifmetik progressiya n ta hadi yig’indisini topishga qo’shgan hissasi sahna ko’rinishi orqali namoyish qilinadi) 

1-boshlovchi: Braunshbeygdagi bo’g’bonlar xonadoni. Ota hisob-kitob ishlari bilan band.

  • Ota: - O’g’lim, xaridimga halaqit bermay tur.
  • Bola: Xo’p, otajon.
  • Ota: Kel, o’g’lim, menga hisob-kitob ishlarida yordamlashgin. 1 dan 100 gacha bo’lgan sonlar yig’indisini hisoblab ber.Shu bilan biroz tinch o’tirsang, men savdo-sotiq ishimni bitirib olardim.
  • Bola: Mayli, otajon.

(Biroz fursat o’tgach, bola yig’indini otasiga ko’rsatadi)

  • Bola: -Mana, otajon, javob tayyor.
  • Ota: Nahotki, buncha tez hisoblading, qanday qilib?
  • Bola: Otajon, bu topshirig’ingizni bajarish uchun qonun ishlab chiqdim. Mana, ko’ring.

 

(Slayd orqali arifmetik progressiya n ta hadi yig’indisini topishning Gauss usuli ko’rsatiladi.Arifmetik progressiyaning n-hadi va asosiy vositalarning amortizatsiya ajratmasi formulalari ham beriladi )

 

O’qituvchi: Bu 5 yoshli bolakay  2 yoshida sanashni bilgan, kelajakda buyuk olim bo’lib yetishgan Gauss edi. 

      Matematikadagi geometrik  progressiya mavzusida o’quvchi masalalarni yechishda qiynaladi. Shunda iqtisodiy bilim asoslari fanidagi bankning foiz stavkasini hisoblashda qo’llasak, o’quvchiga qiziqarli bo’ladi.

   Xulosa qilib aytsak, har bir mavzuimizni iqtisodiy bilim asoslari faniga bog’lab, iqtisodiy masalalarga murojaat qilsak, boladagi o’zgarishlarni o’zimiz his qilamiz.

 

1-boshlovchi: Endigi navbatni  “Raqamlar bahsi” ga beramiz. Marhamat, tinglab, tomosha qiling.

 

2-boshlovchi: Men seni sevaman matematika,

Maqtov-la ta’riflay seni qandayin.

Bardoshim, irodam sen-la charxlanar,

Qiyin jumboqlaring yechganim sayin.

 

1-boshlovchi: Aql idrok ramzi qayda barq ursa,

Ul joyda kashfiyot bo’ladi bunyod.

Sen o’zing asossan barcha fanlarga

Yuksalib bormoqda bugun iqtisod.

 

2-boshlovchi: Inson aql-idroki charxlanar senda

Sirli jumboqlaring isbot etgan chog’.

Men seni sevaman matematika,

Aslida o’zingsan tuganmas jumboq!

 

O’qituvchi:  Shu bilan “Matematika va iqtisod- do’st-inoqdir umrbod” deb ko’rgazmali-amaliy tadbirimiz  nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat.

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • 8-sinf. Iqtisodiy bilim asoslari darsligi
  • 9-sinf. Algebra darsligi
  • 6-sinf .Matematika darsligi
  • Internet manbalri: Wikipediya, Ziyonet axborot portal. 
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 23 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family