wrapper

Yangiliklar

 

Mavzu: Vatan madhi dillarda (Xotira va qadrlash kuni oldidan) .

Maqsad:

a)o`quvchilarning”Xotira va qadrlash kuni”haqidagi bilim darajasi,e`tiqodini aniqlash va mustahkamlash

b)o`quvchilarda hozirgi tinch hayotimiz qadriga yetish,o`zlikni anglash,o`zaro mehr-oqibat tuyg`ularini aniqlash

d)o`quvchilarga “Xotira va qadrlash kuni”ning mazmun-mohiyatini anglatish orqali bilim va malakasini oshirish

Xona bayramona bezatilgan.tinchlik va ezgulikka chorlovchi shiorlar,nuroniy keksalarimiz,yosh avlodni,mustaqillikni namoyish etadigan baxtiyor suratlar,plakatlar osilgan,ekranda mavzuga oid slaydlar ko`rsatiladi.

 

“Inson xotirasi - muqaddas tuyg`u”,”2015-yil –Keksalarni e`zozlash yili” shiorlari osilgan.

Mashg`ulotga faxriy ustozlarimiz,ota-onalar,o`qituvchi va o`quvchilar taklif etiladi.

 I.Tashkiliy qism:

Salomlashish ,navbatchi axboroti ,sinfni mashg`ulotga tayyorlash.

 II.O`tgan mavzu asosida uyga vazifani so`rash,o`quvchilarning bilimini rag`batlantirish.

 III.Yangi mavzu bayoni:

 O`quvchi:

 Xotira-abadiy,qadr –muqaddas,

Bu ikki kalomni unutmasang bas.

Mehru-oqibatning egiz farzandi,

Xotira va qadr –biz uchun aziz.

Oyoqlar ostidagi bu sara tuproq,

Insonlarga quvvat beruvchi kuchdir.

Marhumlarni eslab,ruhin shod etmoq,

Biz farzandlar uchun muqaddas burcdir.

 O`qituvchi:Mashg`ulotimizni yurtboshimiz I.A.Karimovning ushbu so`zlari bilan boshlamoqchiman;

 “Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og`ir sinovlar, mashaqqatli kunlari ko`rmadi.O`z ozodligi,erkinligi,tinch hayoti yo`lida kurashib,behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o`chmaydi.”

O`quvchi:Biz yoshlarning oldimizda turgan asosiy maqsadlarimizdan biri-o`z tariximizni o`rganishdir.Buyuk tariximizga nazar tashlasak,1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida o`zbekning mard o`g`loni yurt,oila-farzandlar uchun jonini fido qilib,janglarga kirishgani yodimizga keladi.

 O`qituvchi:Hammamizga ma`lumki,Ikkinchi jahon urushida fashist bosqinchilariga qarshi janglarda mardlarcha halok bo`lgan,mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O`zbekistonning barcha o`g`lonlari xotirasini abadiylashtirishni nazarga tutgan holda,Prezidentimizning farmoniga asosan “Xotira va qadrlash kuni”umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda .

Shu munavvar kunlarda urush qatnashchilari,mehnat faxriylari,keksa otaxonu onaxonlarimiz poytaxtimizning qoq markazida joylashgan muazzam Xotira maydonida tashrif buyurishadi.Ular bir-birlarini qutlug` ayyom – Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etishadi.O`tganlarni yodga olishadi.Diyorimiz o`zining fidoyi,vatanparvar,har qanday yovuz kuchlarni yenga oldigan jasur o`glonlari bilan faxrlansa arziydi.

O`quvchilar M.Yusufning “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” hamda J.Jabborovning

“Shahidlar yodi”she`r larini ifodali o`qiydilar ,tinchlik haqida qo`shiq kuylanadi.

 

1-o`quvchi:-Tinchlik –bu muborak so`z,muqaddas kalom.Baxtimiz shundaki ,muqaddas zaminimizda osoyishtalik hukm surmoqda .Mamlakatimiz mustqillikka erishgach,azaliy qadriyatlarimiz tiklanib ko`plab bayramlarimiz nishonlana boshladi.

 

2-o`quvchi:-Bundan 70 yil oldin olib borilgan qonli urushda frontga ketib,ona yurtiga qaytib kelmay,mardlarcha halok bo`lgan yurtdoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ochilgan “Xotira maydoni ”majmuasi ,urushdan qaytmagan 450 mingga yaqin yurtdoshlarimizning nomi bitilgan “Xotira kitobi”,ma`rifatparvar bobolarimizni yod etadigan”Shahidlar xotirasi xiyoboni”har doim gavjum.

(Videolavha ko`rsatiladi)

 

3-o`quvchi:Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali o`z farzndini qonli urushga kuzatib ,intizor bo`lib kutgan munis ayolning g`amgin timsoli.Uning qiyofsida urushning barcha dahshatlari aks ettirilgnini ko`ramiz,his etamiz va hozirgi kun tinchligiga hamd-u sanolar aytamiz.

 

4-o`quvchi:

Doim qushlar sayrasin quvnoq,

Chaman bo`lib yashnasin quvnoq.

Yer yuzida barcha arg`imchoq,

Sho`x aylansin bo`lib vaqti chog`.

 

5-o`quvchi:

Tongda turib orziqib shodon,

Shoshaylik maktab tomon.

Do`stlar bilan g`ururga to`lib,

Ona yurtni xo`p yaxshi ko`rib.

 

6-o`quvchi:

Bolajonlar qilsin tabassum,

Ko`kni tutun bosmasin bir zum.

Shu zamonda go`zal beg`ubor,

Tinchlik so`zi bo`lsin barqaror.

 

7-o`quvchi:”Xotira”so`zi urushda halok bo`lganlarga tegishli bo`lsa ,”Qadrlash”so`zi nuroniy bobo-buvilarimizga xosdir.Yurtimizda inson xotirasi,qadr-qimmati ulug`lanadi,aziz hisoblanadi.Biz ulug` ajdodlarimizni,ota-bobolarimizni,fidoyi yurtdoshlarimizni doimo hurmat bilan tilga olamiz.

 

8-o`quvchi:Jaloliddin Manguberdi,Amir Temur ,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Behbudiy,Qodiriy,Fitrat,Cho`lpon kabi zotlarni bizga istiqlol qaytarib berdi.

 

9-o`quvchi:Yurtboshimiz bu kunga alohida urg`u berib,shunday degan edilar:”Xotira –bu foniy dunyodan o`tgan ajdodlarimizni eslash,ularning chirog`ini yoqib,ezgu ishlarni davom ettirish.Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir.Qadrlash-bu asrlar davomida ona diyorimizni,xalqimizning ozodligi va istiqlolni,erkin va farovon hayotini,mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq,ularga munosib hurmat va ehtirom ko`rsatmoqdir”.

 

 

10-o`quvchi:Bu kun kimdir Xotira maydonida urushdan qaytmagan yaqinlarini eslasa,kimdir qarindoshlarini qabrini ziyorat qiladi.Yana kimdir nuroniy ota-onasi,bobo-buvilarining holidan xabar oladi,ko`ngillarini ko`taradi.

 

Videolavha ko`rsatiladi.

 

1-boshlovchi:Bobomning aytishicha,uning dadasi ham urush qatnashchisi bo`lgan ekan.Urush boshlanganda katta bobom hali yosh bo`lganligi uchun uni urushga 1943-yili olib ketishgan ekan.Urushda u kishi 1 oyog`idan o`q yeb 2 oy mobaynida gospitalda davolangan va qaytadan yana jangga kirgan ekan.Urush tugagach,Ona Vataniga qaytadi,ammo o`q tekkan oyog`i ularga ancha azob bergan ekan.Men katta bobomning ozod va obod kelajak uchun kurashganidan faxrlanaman.

 

2-boshlovchi:Bobom doimourush kechinmalarini eslab,dadamga,menga va hali uncha katta bo`lmagan ukalarimga shunday deydi:”Yoshlikda qalbimiz orzu umidlarga to`la edi.Uruush degan baloyi azimbarchasini sarobga aylantiradi. Minglab sinifdoshlarim –yosh yigitlarning umri xazon bo`ldi .U davrlarni eslash menga juda og`ir.shuning uchun bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetaylik”.Bobomning so`zlarini doimo yodimda tutaman.

 

11-o`quvchi:Inson o`z qadriga yetish bilan birga,o`zgalar qadrini ham baland tutib,odamiylik burchini to`gri ado etishi kerak.Ana shu insoniylik burchlaridan biri o`tganlar ruhini shod etib,ular xotirasi,qadr-qimmatini joyiga qo`yishdir.

 

O`qituvchi:

 Kimda-kim o`tganlarni xotirlasa,ular haqida duolar qilsa-shu qalbi poklikdir.Pok qalblarda esa xotira chirog`i mangu so`nmaydi.Mana bugungi “Xotira va qadrlash kuni”ga bag`ishlangan darsimiz o`z nihoyasiga yetmoqda.Bugun biz xotirlaganlarning ruhlari shod bo`lsin.Barchangizga sog`lik , uzoq umr tilaymiz,yurtimizda tinchlik,barqarorlik davom etaversin.O`tganlarni doimo xotirlab ,tiriklarni qadrlaylik.Keksalarimiz esa e`zozda bo`lishsin!

 

IV.Mustahkamlash.O`g`zaki savol-javob o`tkazish.

Bolalar:

Qachonlardir bizday edilar,

Elning,yurtning g`amin yedilar.

Neki balo ko`krak kerdilar,

Har bir tongni savobdan boshlahg,

Keksalarni e`zozlab yashang !

 

V.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantirish

 

VI.Uyga vazifa :O`tilgan mavzu yuzasidan yozma hikoya tuzib kelish.

Last modified on Yakshanba, 30 Aprel 2017
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 36 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family