wrapper

Yangiliklar

 

“Rahmat, jonajon maktab!

Doim yuraman maqtab” -

     9-sinf bitiruvchilarining badiiy-musiqiy tadbir senariysi

 

1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz, mеhribon ustozlar va hurmatli ota-onalar!

 

2-boshlovchi:       Xush kеlibsiz mеhmonlar

Assalom sizga,

Tabarruk insonlar

Ming ta'zim sizga

Yana bir ta'zim

Dildan ehtirom,

Mo’tabar murabbiy,

Sizga ming salom

 

 

1-boshlovchi:       Assalom, mustaqil O’zbеkistonim!

Assalom, qudratli, nurli bo’stonim.

Sog’lom farzandlaring muborak bo’lsin!

Bizdеk farzandlaring doim bor bo’lsin.

 

2-boshlovchi: Aziz mеhmonlar! Bugungi kеchamizning nomi “Rahmat, jonajon maktab! Doim yuraman maqtab” . Biz bugungi kеchamiz orqali olgan bilimlarimizni namoyish etamiz. Marhamat tomosha qilinglar.

 

1-boshlovchi: Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i –maktabdir.

 

1-o’quvchi: Nurfshon hur o’lkam farzandi bizlar,

Avlodlar baxtiga nur soch, maktabim.

Yashnagan chamanday bag’ringda bizlar,

Tabarruk ostonam, jonim maktabim.

 

2-o’quvchi: Ilmu har jabhadan o’rganib saboq,

Ustozlar ziyosin tavof aylamoq,

Chiniqib, zavqlanib, barkamol quvnoq,

O’smoqlik nasib etsin har kimga, o’rtoq.

 

3-o’quvchi: Ajdodlar ruhlari bizda kuch-qanot,

Tarixning o’chmas bir shodasi o’zing,

Sеndadir baxtimiz, sеndadir najot,

Hayotimda mangu qol, maktabim mеning

 

4-o’quvchi: Mustaqil Vatanim dilbandi bizlar,

Tеnglar ichra tеngmiz-mangu hur –omon,

Ma'rifat bog’idan samoni ko’zlar

Bo’l omon, yashayvеr turguncha jahon!

 

1-boshlovchi: Maktabga ilk bora kelgan kunni hech kim unutmasa kerak. O`shanda juda kichkina edim . Oyijonim qo`limdan tutib , sinfga yetaklab kelganlari esimda . Partaga zo`rg`a bo`yim yetardi .Men-chi sinfga kirmayman deb rosa  xarxasha qilganman. Prezident sovg`alarini ko`rib  darrov ovunib qolganman . Ularni yelkamga osvolib , yana oyimning etagiga osilvolib yig`laganlarim esimda

 

2-boshlovchi: Xo`sh , bugun-chi ?

 

1-boshlovchi: Bugun maktabga zo`r ishtiyoq , zo`r qiziqish bilan orziqib kelaman . Maktabimni , ustozlarimni yaxshi ko`raman . O`qisam , o`rgansam , barchaga o`rnak bo`lsam deyman . Endi Oyijonim qolgin deb yolvorsalar ham , maktabdan qolmayman . Bugun sinfimizda jamoatchi o`quvchilardan biriman . Buning uchun Ustozlarimdan minnatdorman !

 

5-o’quvchi: Sanoq cho`plarini sanashga berib ,

Sodda raqamlarni turnaday terib .

Mitti barmoqlari bukib qo`ygan kim ?

Birinchi Ustozim , Sizsiz muallim !

 

6-o’quvchi: Ilk bora  qo`limga qalamlar tutgan ,

Tayoqchalar harflargaaylanib ketgan.

Vatanni qalbimgajoylab qo`ygan kim ?

Birinchi Ustozim , Sizsiz muallim !

 

7-o’quvchi: «Alifbe»dan o'rin olgan,
                     Bir kam o'ttiz harflarni
                   «Alla», «Anor», «Bahor», «Bayroq»—
                   Kabi oddiy gaplarni
                   — O'rgatgan kim?
Hamma: O'qituvchim.

8-o’quvchi: Sodda, ziyrak, biroz sho'xmiz,
                   Qiziquvchan, sertalab.
                 «Lo-la», «Osh-ol» so'zlarini,
                   Toqat bilan erkalab
                   — Yozdirgan kim?
Hamma: O'qituvchim.

9-o’quvchi: Harf tanitib, burro qilgan,
                   Anvarni, Sanobarni.
                   Kim o'rgatgan karralarni,
                   To'rt amal, barobarni?
                   Ayt-chi, Azim!
— O'qituvchim.

10-o’quvchi: Kitobni shart o'qir Hulkar,
                      Rosti gap ishonmadik.
                     Biz «Alifbe» bayramini,
                     Juda zo'r nishonladik.
                 — Ustozing kim?
Hamma: O'qituvchim.

Bizlar shaymiz: — Labbay, — deb
Ustozlar xitobiga.
Bolajonlar navbat keldi,
Endi «O'qish kitobi»ga.
— O'rgatar kim?
— O'qituvchim.

 

(“Ikki qo’ymang, o’qituvchim” qo’shig’i)

 

Qiyin ekan savolingiz,
Yo’qmi boshqa misolingiz?
O’qituvchim, ko’p qiynamang,
Baland bo’lsin iqbolingiz.

N a q a r o t:

«Yetarlidir «ikkim», «uchim», 
«2» qo’ymang, o’qituvchim. 
Osonidan ozroq so’rang, 
Jon domlajon, «2» qo’ymang, 
«2» qo’ymang, «2» qo’ymang.

Vazifalar ancha og’ir,
Kitob olsam boshim og’rir.
Qandoq qilay, o’qituvchim, u ahvolda qolmay oxir.

                       N a q a r o t:
Yuragimni bosmasin g’am, 
Nima dеydi ota-onam.  
Sirlarimni aylamang fosh, 
Mayli edi «4» bo’lsa ham...
                         N a q a r o t.
Imtihondan o’tib olay, kеyin o’zim o’qib olay. 
Iloj qiling, o’qituvchim, 
Kanikulga chiqib olay.
                         N a q a r o t:
Yetarlidir «ikkim», «uchim»,
«2» qo’ymang, o’qituvchim.
Osonidan ozroq so’rang, 
Jon domlajon, «2» qo’ymang,
«2» qo’ymapg, «2» qo’ymang.

 

1-boshlovchi: Ustozlar! Azal-azaldan insonlar qalbini, ilmu ziyo, ma'rifat nurlari bilan charag’on etib kеlayotgan ulug’ kasb egalari. Har bir sabog’iga qalb qo’rini qo’shib, billurdеk musaffo dillarga ezgulik urug’ini sochguvchi usta bog’bonlar.

 

2- boshlovchi: Ustozlar tufayli ona tabiat, jamiyat, koinot ilmlari, iymon-e'tiqod, insof-diyonat, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlar yuraklardan joy oladi.

 

11-o’quvchi: Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimdir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zotga xarf o’rgatgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

 

12-o’quvchi: Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Pirim deb , etagin o’pgandir ko’p bor.
Qaysar jahongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

13-o’quvchi: Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrabni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

 

14-o’quvchi: Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’ussaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?...
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

15-o’quvchi: Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

 

16-o’quvchi: Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallimdan, oddiy muallim!

 

(Sanobar Rahmonovaning “Ustozlar” qo’shig’I ijro etiladi)

 

1-boshlovchi: Maktabni sinfdoshsiz tasavvur qilish qiyin. Sinfdosh- bir kunda, 6-7-soatlik dars mobaynida senga ko’mak beruvchi, bilganlarini o’rgatuvchi, qalbing tubidagi sirlaringni hech kimga aytmaydigan sirdoshdir.

 

2-Sinfdosh-

 

 

17-o’quvchi: Yozgan edik birga darslarni,
                       Kutar sedik tanaffuslarni

                     Sog’inaman endi sizlarni,
                    Omon bo’ling, sinfdoshlarim!

18-o’quvchi: Kim eplardi a’lochilikni,

                     Kimdir esa navbatchilikni,

                       Bilmas edik xafachilikni,

                       Omon bo’ling, sinfdoshlarim!

19-o’quvchi: Ba’zan she’ru ertak o’qirdik,

                     Goho xato qilib tik turdik,

                       Bilmama endi nega ulgurdik

                               Omon bo’ling, sinfdoshlarim!

20-o’quvchi: Tanitganni maktab bizlarni

                       Sho’xu-shodon o’g’il-qizlarni

                       Esga oling o’sha kunlarni

                       Omon bo’ling, sinfdoshlarim!

 

(Ulug’bek baxshining “Sinfdoshlarim” qo’shig’i ijro etiladi)

 

1-boshlovchi: Bugun mustaqil O’zbekistonning gullab –yashnashiga o’z hissasini qo’shish –shu Vatanda yashayotgan har bir o’g’il va qizning burchidir. Shunday ekan, ular bilimli, dono, o’z kasbining yetuk mutaxassislari bo’lib yetishishlari kerak.

 

2-boshlovchi: Vatan tinchligi, chegaralar daxlsizligi, kunlarimiz osoyishtaligi -birinchi galda biz suyanadigan, e’zozlaydigan yigitlarga bog’liq.

 

21-o’quvchi: Yigitlar xalqlarning maqtovi, ko’rki.

                   Naslning javhari , davlat tayanchi,

Yurtning obodligi, to’ylar sababi,

Elning gurkirashi, fayzi, quvonchi.

 

22- o’quvchi: Yigit omon bo’lsa xavfu xatar yo’q

Qalqon bor, qal’a bu , qo’rg’on salomat,

Yigitlar kulgusiga avju daromod

Go’dak uyqusida rohat- xalovat.

 

23-o’quvchi: Siz bugun Alpomish, Amir Temurga

Munosib nabira, mard, jasur o’g’lon

Ajdodlar pok ruhi qo’llasin sizni

Sizga tayanadi hur O’zbekiston.

 

24- o’quvchi: Vatan bag’rin yashnatib, gulzor etib,

Yuraklarni bir umr bedor etib,

Bosh ko’tarsa yovlarni tor-mor etib,

Tinchlik uchun metin qo’rg’on bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

 

25- o’quvchi: Bu hur kunlar asli doril-omondir,

Bobolarim orzu qilgan zamondir

Kimga darmon , kimlargadir armondir,

Shukronalar aytib , shodon bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

 

27- o’quvchi: Temur bobom bizni doim qo’llagay

Jaloliddin jasoratga yo’llagay

Ajdodlarning matonati o’lmagay

Biz ularga sodiq o’g’lon bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

 

28-o’quvchi:     Vatandosh mag’rur tutgin boshingni,

Vatan ishqi yoqsin bor vujudingni,

Asray bilgin istiqlol quyoshingni,

Hur tug’ildik, hurki inson bo’laylik

Shu aziz Vatanga qalqon bo’laylik.

(Yigitlar ijrosida “Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi)

 

1-boshlovchi: Tomirimni tirnar ko`hna savollar,

Yuragimda gullar shirin xayollar,

Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,

Men oftobga alishmagan ayollar.

 

2-o’g’il bola: Millatning ertasi, millatning nasli,

Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,

Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli.

Men oftobga alishmagan ayollar.

 

1-boshlovchi: Ha, bugun onalarimiz, opa-singillarimiz va sinfdosh qizlarning hayotimizdagi o’rni beqiyos ekanligini ularsiz bir kun, bir soat yashab ko’rib guvoh bo’lamiz.

 

2-bola: Ayollarni hayot gultojisi, deb bezij aytishmagan. Ular bor xonadon fayzli, sarishtali.

 

1-boshlovchi: Qorong`i kechada ko`kka ko`z tikib,

Eng yorug` yulduzdan seni so`raymen.

Ul yulduz uyalib, boshini bukib,

Aytadir: "Men uni tushda ko`raman.

Tushimda ko`ramen, shunchalar go`zal.

Bizdan-da go`zaldir, oydan-da go`zal.

 

2-o’g’il bola: Ko`zimni olamen oy chiqqan yoqqa,

Boshlaymen oydan-da seni so`rmoqqa,

Ul-da aytadirki: "qizil yonoqqa.

Uchradim tushimda, ko`milgan oqqa.

Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal,

Mendan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!.."

 

1-o’quvchi: Erta tong shamoli sochlarin yozib,

Yonimdan o`tganda so`rab ko`ramen.

Aytadir: "Bir ko`rib, yo`limdan ozib,

Tohu toshlar ichra istab yuramen!.

Bir ko`rdim men uni : shunchalar go`zal!.."

Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal.

 

2-o’quvchi: Ul ketgach kun chiqar yorug`lik sochib,

Undan-da so`raymen sening to`g`ringda.

Ul-da uyatidan berkinib, qochib,

Aytadir: "Bir ko`rdim, tushdamas o`ngda.

Men o`ngda ko`rganda shunchalar go`zal,

Oydan-da go`zaldir… mendan-da go`zal!.."

 

                         (Qizlar ijrosida raqs ijro etiladi)

 

1-boshlovchi: Bugun bolalikka yasaysiz yakun.
Endi hayot darsxonangiz bo'lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo'ng'iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo'lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin unutmang aslo!

 

3-o’quvchi: Axir oson bo'lmagandir 9 yil kutmoq,
Bekor sarf bo'lmagandir 9 yil umr.
Oson bo'lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o'z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo'lgan, eslarsiz balki,
Shu dargohga qadam qo'ygan jajji qizaloq,

4-o’quvchi: Yosh bolakay edingizlar, quvonchga to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo'ng'iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo'lib onasiga berar maslahat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o'zimizga qilar nasihat.

5-o’quvchi: 9 yilda 9 mingta quvonchu- tashvish:
                  Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
                   Sinfdoshlik bog'i ichra ochildi do'stlik,
                   Kimlargadir nasib bo'ldi sof bir muhabbat.
                   Endi ustoz tekshirmaydi hayot darsini,
                  Vazifani ko'chirmoqqa bo'lmaydi imkon.
                   Kundalikka qo'yilmaydi "2" baholar,

6-o’quvchi: Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
                   Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi partadosh,
                   Endi sirdosh bo'lolmassiz, unutmang biroq:
                   Do'stlaringiz bir umrga bo'lar yelkadosh,
                   Do'stlik uchun chalinmaydi so'nggi qung'iroq.

 

(“Ey, sinfdosh” qo’shig’I ijro etiladi)

 

1-boshlovchi: Sеn Vatan haqida bеrma ko’p savol,
Lof urma Vatanning muhabbati dеb.
Uni mansab kabi aylama xayol,
Yoxud ma'ruzangga emasdir u zеb.
Vatan tanangdagi jondir, qondir bu,
Vatanni sеvmoqlik imtihondir bu.

 

   2- boshlovchi: Bu ulug’ sеvgida ilohiylik bor,
Vatanni chin farzand faromush etmas.
Mеnga o’z tuyg’umni o’rgatma zinhor,
Inchunin, kibrning bozori o’tmas.
Rost gapni yolg’ondan farqlar ondir bu,
Vatanni sеvmoqlik imtihondir bu.

 

7-o’quvchi:   Asl qahramon kim yorug’ dunyoda?
G’oyasin ta'maga almashmagan zot.
Chug’urchuq ko’paysa haddan ziyoda,
Burgut bo’lib yashash oliy mukofot.
Qul ham yurtin sеvsa shohdir, xondir bu,
Vatanni sеvmoqlik imtihondir bu.

 

8-o’quvchi: Garchi ko’hna zamin umum makondir,
Insonning har joyda yonsin chirog’i.
Mo’jaz bo’lsa hamki, kulbang oshyondir,
Ona dargohidеk uning quchog’i.
Sеn uchun poyonsiz ka?kashondir bu,
Vatanni sеvmoqlik imtihondir bu.

 

9-o’quvchi:     Azal musofirdir dunyoda odam,
Ruhim garchi sobit, muallaq tanim.
Bir umr qo’yningda muqim tursam ham,
Sog’inib yashadim sеni, Vatanim.
Mеhr bir, nafrat ham bir tomondir bu,
Vatanni sеvmoqlik imtihondir bu.

 

10-o’quvchi: Mayli suymasinlar mеni g’animlar,
Yo’limni to’ssinlar raqiblar hatto.
Vatan har qayda ham mayoqdеk imlar,
G’ururim yug’salar samogacha to.
Hеch kimga bеrguvsiz dovrug’, shondir bu,
Vatanni sеvmoqlik imtihondir bu.

 

1-boshlovchi:Shuning bilan “Rahmat, jonajon maktab! Doim yuraman maqtab” -tadbirimiz nihoyasiga yetdi.

 

2-boshlovchi: E’tiboringiz uchun tashakkur. Sog’ va omon bo’linglar.

 

(Ozodbek Nazarbekovning “Barkamol avlod” qo’shig’I ijro etiladi)

Last modified on Seshanba, 16 May 2017
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 24 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family