wrapper

Yangiliklar

Juma, 14 Aprel 2017 00:00

MA’NAVIYAT - QALBIM QUYOSHI

Muallif 
Rate this item
(1 Vote)

I.A.Karimovning «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asari asosida o‘tkazilgan tadbir ssenariysi

Tadbirning maqsadi:   

a) Ta'limiy:  Yurtboshimizning asarlari  to‘g‘risida keng qamrovli ma'lumot  berish va asosiy g‘oyasi bilan tanishtirish. Asardagi ayrim   qismlarga alohida to‘xtalib,  mukammal tushuncha hosil qilish. Ular qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish.  

b) Tarbiyaviy:   O‘quvchilarda eng yaxshi insoniy  fazilatlar: insonparvarlik,  mehnatsevarlik, mehribonlik, kamtarlik hislarini shakllantirish. Odob-axloq jihatidan yetuk, barkamol insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun ularga keng  ko‘lamda milliy tarbiya berish.

 

v) Rivojlantiruvchi:

Fikrlash doirasini kengaytirish. O‘z qarashlarini erkin va mustaqil bayon etishga, muomala madaniyatiga erishish.

e) Kasbga yo‘llovchi: Puxta bilim olib, kasb-hunar egallashga undash. Mehnatga muhabbat uyg‘otish.

Tadbir rejasi: 1.I.A.Karimovning «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asari haqida ma'lumot berish. 

 2.Kitob to‘rt bobdan iborat ekanligi va uning har bir bobi alohida nomlanishi haqida to‘xtalib, asar mazmuni bilan tanishtirish.

3.Yurtboshimiz fikrlaridan misollar keltirish.

4.Ulug‘ ajdodlarimiz, mutafakkirlarimizning, ustozlarimizning  Vatanni ulug‘lovchi ibratli pandlari, nasihatu hikmatlari, shuningdek,   she'r va qo‘shiqlaridan misollar keltirish.

5. Tadbir yakuni.

 

  Tadbir o`tkaziladigan joy bayramona  bezatiladi. Prezidentimiz portreti va uning asarlari tasvirlangan plakat va  yurtimizning go‘zal shaharlari, ilm maskanlari tasvirlangan rasmlar, tarbiya va odob-axloq, Vatanni sevish, ilm olishga da'vat etuvchi turli shiorlar osiladi. Tadbirni o‘qituvchi boshlab beradi. O‘quvchilardan ikki nafari boshlovchilik qiladi.

 

1-boshlovchi: – Assalomu  alaykum, hurmatli o‘quvchilar, zahmatkashu dilkash, sharafli kasb   egalari bo‘lmish muhtaram ustozlar!

 

2-boshlovchi: – Assalomu  alaykum, davramizga o‘zgacha  shukuh bag‘ishlab turgan aziz   mehmonlar!

 

1-boshlovchi: Kechagi tarix biz uchun hayot maktabi, bamisoli tiniq bir ko’zgu. Unga qarab saboq olamiz, xulosa chiqaramiz, kelajak yo’limizni belgilaymiz.

 

2-boshlovchi: Eski tuzum davrida biz o’z tariximizni bilmas edik.Butun olam yuksak hurmat va ehtirom bilan tilga oladigan buyuk ajdodlarimiz, ularning beqiyos ilmiy meroslarini o’rganmas edik.

 

1-boshlovchi: 2014-yilda Samarqandda bo’lib o’tgan “O’rta asrlar Sharq allomalari 

va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati ” mavzusidagi xalqaro konferensiyada xalqimizning buyuk tarixi, boy madaniyati, moyob ma’naviy merosi dunyoning 50 mamlakatidan kelgan atoqli olimlar tomonidan yana bir bor e’tirof etildi, yuksak baholandi.

 

2-boshlovchi: Biz ana shunday buyuk xalqning avlodlari ekanligimizdan faxrlanamiz. Shu bilan birga ularga munosib voris bo’lishga, ularning ishlarini davom ettirishga intilayotgan yoshlarmiz.

 

1-o’quvchi: Ortga qaytib ish ko’rmoq xayrlidir deydilar,

O’tdi qancha qora kun zulmatlarni ko’rganlar.

Bol o’rniga tuproqni yalaganlar, yeganlar,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

2-o’quvchi: Xalq dushmani sanashib Qodiriyni sotdilar,

Xalq bo’l elim deguvchi Cho’lponlarni otdilar.

O’zbekning bug’doy nonin beminnat yeb yotdilar,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik?

 

3-o’quvchi:  Paxta desa jonini berguvchi O’zbek edik,

Qaxraton qishda paxta terguvchi O’zbek edik.

Paxta ekib jabrini ko’rguvchi O’zbek edik,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

4-o’quvchi: Allomalar yurtini savodsiz qoloq dedi,

Andisha qilganlarni bilmadi qo’rqoq dedi.

Boy bo’lib ketsa O’zbek bu dushman quloq dedi,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

5-o’quvchi: Munavvar kunlar keldi Istiqlolga yetdik biz,

Bir ozod vatan bo’lib dunyoga yuz tutdik biz.

Bu kunlarni qanchalar sabr bilan kutdik biz,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

 

6-o’quvchi: Yashnadi har yonimiz bir go’zal chaman bo’ldi,

Inson qadri yuksalib misoli osmon bo’ldi.

O’zbekiston chiroyda tengi yo’q vatan bo’ldi

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

7-o’quvchi: Asakada yaraldi O’zbekning avtolari,

Tonglar ichra tong bo’ldi tan oldi dunyolari.

Yer-u ko’kka taraldi istiqlol sadolari,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

8-o’quvchi: Xavas qilib tunda oy, kunduz quyosh qoshida,

Dadil odimlab borar katta yo’lning boshida.

To’y qilar O’zbek eli yigirma besh yoshida,

Ayting bugun zamondosh kim edig-u kim bo’ldik ?

 

(Abdunazar Xudoynazarov she`ri)

 

1-boshlovchi: – Mana, bugun  biz Yurtboshimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma'naviyat – yengilmas  kuch» asarini o‘qib-o‘rganib, o‘rganganlarimiz yuzasidan «Ma'naviyat – qalbim quyoshi» mavzusida tadbir tayyorladik.

 

1-o’quvchi: Islom Karimovning 2008 yilda chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asari ma’naviyatni ta’riflash va izohlash bilan bir qatorda uning Respublikamizni hartomonlama rivojlantirishdagi  roli va o‘rnini belgilab berdi.    

 

2-o’quvchi: – Bu asar insoniyat tafakkuri qirralarini o‘zida mujassam etgan, mo‘tabar va muqaddas ona tilimiz, odamiylik, yaxshilik, ilmu odob borasida teran  fikrlar gavharini yiqqan, o‘zida aks ettirgan, ota-bobolarimiz e'zozlagan qadriyatlaru milliy urf-odatlar, an'ana-yu udumlarini qayta tiklagan, ma'naviyat buloqlari ko‘zini ochgan yog‘dudir.

 

1-boshlovchi: – Asar IV bob, Muqaddima va Xotimadan iborat.

 1-bob «Ma'naviyat – insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbayidir

Ma’naviyatni anglash

                           Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar

                           Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi

    3-o’quvchi: Kitobning birinchi bobida insonga nisbatan ma’naviyatga quyidagicha sifat berlgan: “Ma’naviyat – insonni  ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.

 

    4-o’quvchi: Ma’naviyatni shakllantirish masalalari birinchi bobning mazmun-mohiyatini  tashkil qilgan. Ma’naviyatni shakllantirishdagi asosiy omil va mezonlar ustida fikr yuritiladi. Bu borada kitobda aynan quyidagilarni o‘qish mumkin:

 

5-o’quvchi: - “Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.”;

 

6-o’quvchi: -  “Bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi”. Misol uchun, “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo‘lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo‘lgan saboqlar borligini ko‘rish mumkin

 

7-o’quvchi: Zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning (Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy)   ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim.”  “Agar Alisher Navoiyni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”.

 

8-o’quvchi: Siz Amirsiz, Siz Tеmursiz, jahongir sulton

Imondirsiz, vijdondirsiz, siz aziz inson,

Qalblararo ko’tarmoqda ruhingiz isyon,

Sizday mard zot tug’ilsa dеb, umidvor jahon,

Tеmur bobo, nomingizni yod etajakmiz

Olamaro ruhingizni shod etajakmiz.

 

 

9-o’quvchi: Al-Buxoriy, At-Tеrmiziy hazrat bizga,

Ulug’bеku, Al-Farg’oniy savlat bizga,

Tеmur bobo, Mangubеrdi davlat bizga,

Ona xalqim, dono xalqim, bizga inon!

 

 

10-o’quvchi: Yurtning do’stiga ochiq bag’ri bag’rimizdir,

  Alpomishning yovga qahri qahrimizdir,

  Navoiyning turkiy tili faxrimizdir.  

  Ona xalqim, dono xalqim, bizga inon!

 

 

 11-o’quvchi: Buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizn quvontiradi.

 

12-o’quvchi: Buning tasdig‘ini dunyoning turli mamlakatlaridja ularning hayoti va faoliyati haqida e’lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasigsha barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko‘rish mumkin. 

 

13-o’quvchi: Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo Ulug‘bekka, Moskva, Tokio, Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizga, Misr potaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg‘oniy xotirasiga o‘rnatilan muhtasham haykallarni eslash joiz.”

 

14-o’quvchi: Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi. Muxtasar aytganda, hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir.”

 

15-o’quvchi: Islom bobom ta'kidlab,

Yilni bizga atadi

Sog’ bo’lsin dеb nabiram 

Onamni ardoqladi

 

 

16-ўқувчи: Onam sog’ bo’lsa doim

Mеn o’sgayman salomat

Yurtim tinch erur, qarang,

Sog’lom avlod hur hayot

 

 

17-ўкувчи: Elim gullab yashnasin

Onalar sog’lom bo’lsin,

Onajonlar baxtiga 

Farzandlar omon bo’lsin!

 

 

18-ўқувчи: Yo’lboshchimiz orzu qilgan

Yurtda o’ynab kulaylik

Vatanimiz koriga 

Sog’lom avlod bo’laylik!

 

 

19-o’quvchi: “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil – bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.     Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.  

 

20-o’quvchi:  Bu haqda fikr yuritganda,  Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslash joizdir

 

21-o’quvchi: Barcha nеlarga javob izlaymiz,

Olam sirlarini еchamiz albat,

Ilmu-ma'rifatla bo’lmoq istaymiz

Bizni Vatan kutar, buyuk kеlajak

 

 

2-boshlovchi: 2-bob «Mustaqillik — ma'naviy tiklanish va yuksalish»

     Milliy g‘oya va ma’naviy hayot

                       Ma’naviyat va jamiyatning yangilanishi

                       Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni

 

1-o’quvchi:O’zligim qaytdi, o’zimga, o’zingdan o’rgilay, mustaqillik,

Bеminnat nonim-nasibam, tuzingdan o’rgilay, mustaqillik.

Yuz tutdi yurtim jahonga, ko’z ochdi yuz yillik orzularim,

Ozodlik, xurlik atalgan so’zingdan o’rgilay, mustaqillik

.

 

2- o’quvchi: To’marislar,Shiroqlarning qonidan tomgan

Necha-necha mard o’g’lonlar jonini bergan,

Tog’larida bobolarning izlari qolgan

Mustaqillik mangu bo’lsin ona diyorim.

 

3-o’quvchi: “Biz bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olinayotgan taraqqiyot modelini ishlab chiqdik. Bu modelning asosiy tamoyillari – ya’ni, iqtisodning siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirish prinstiplari barchamizga yaxshi ayon.    

4-o’quvchi: Shuning uchun ham bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohadlarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas”.

1-boshlovchi: 3-bob «Ma'naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid»

    Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar

                      Fikrga qarshi fikr, g‘oyga qarshi g‘oya

 

5-o’quvchi: “Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega.”

 

6-o’quvchi:   “Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha – qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.”

 

7-o’quvchi: Kelajak egasi biz o‘g‘il-qizlar,

Yerni yoritguvchi yorug‘ yulduzlar.

Yurtboshimiz ishongan tog‘lar, 

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan.

 

8--o’quvchi: Jaholat buzg‘unchi xilqatdir,

Giyohvandlik kabi illatdir,

Internetdagi ahloqsiz saytdir,

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan.

 

9-o’quvchi: Jaholat misoli qora zimiston,

Jaholat yo‘liga kirganlar shayton.

Yoshlar engilmadi aslo, hech qachon,

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan.

 

10-o’quvchi: Jaholat yo‘liga kirganlar,

Inson ekanligin unutganlar.

Oxir afsus chekib ko‘z yosh to‘kkanlar,

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan.

 

11-o’quvchi: Oxiri nogiron bo‘lganlarni ko‘r,

Dinni niqob qilib yurganlarni ko‘r.

Oila, Vatanin sotganlarni ko‘r.

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan.

 

12-o’quvchi: Ogoh bo‘l , ey inson,  ogoh bo‘l,

Bahoring o‘rnini kuzlar olmasin.

Shundayin go‘zal hayotimizga,

Jaholat hech qachon tahdid solmasin.

 

 

13-o’quvchi: Jannatmakon axir Yurtimga qara,

Jaholat yo‘liga kirgandan ko‘ra.

Sen ham Ma’rifatdan bir imkon so‘ra,

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan.

 

14-o’quvchi: Ma’rifat dunyoni yorutguvchi sham,

Ma’rifatli bo‘lamiz biz yoshlar har dam.

Yovuzlikni to’la  chiqarib qalbdan,

Jaholatni yengamiz Ma’rifat bilan!

 

 2-boshlovchi: 4-bob esa «Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori»

     Inson qalbiga yo‘l

                         Eng buyuk jasorat

 

15-o’quvchi: xalqimiz doimo ma’naviy jasorat hissi bilan yashagan va bu ulug‘ tuyg‘u uning hayotida yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora kuchayib, yuksalib bormoqda. Chunki xalq ma’naviyati shunday bir buyuk ummonki, har qaysi avlod undan kuch-qudrat, g‘ayrat va ilhom olib, o‘zining naqadar ulkan ishlarga qodir ekanini namoyon etadi.

 

16-o’quvchi: 1991 yil 31 avgust sanasida qo‘lga kiritilgan milliy mustaqillik – 20 asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma’naviy jasorat namunasidir

 

17-o’quvchi: xalq – bamisoli ulug‘ va sharafli yo‘ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo‘ldan chalg‘itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘lishi mumkin. 

18-o’quvchi: Karvon bexatar bo‘lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytaraolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch – ma’naviyat bor.

 

19-o’quvchi:  Kitobni qo‘lga olib, 

                       Mehr bilan o‘qidim.

                      Bobomning so'zlaridan

                      Cheksiz hikmatlar uqdim.

 

20- o’quvchi:  Ma’naviy yuksak elning  

Qudrati cheksiz bo‘lar.

 Yengilmaydi hech qachon,

 Dovrug'i  shaksiz bo’lar.

 

21 -o’quvchi:  Dunyoda hech elatdan  

              Каm bo‘lmagan xalqmiz biz.

                        Endi ham каm bo‘lmaymiz, 

                        Kelajak egasimiz. 

 

1- o’quvchi:  Shior: “Farzandlar bizdan  

Aqlliroq bo'lishsin. 

Ulg‘ayishib baxtiyor,

 Kuch-qudratga to'lishsin”. 

 

2-o’quvchi: 0 ‘z tarixin bilmagan  

Kelajagin anglolmas. 

0 ‘z ulug'in bilmagan  

G'ururin ham asrolmas.

 

3- o’quvchi:  Bizga ajdod Buxoriy, 

                      Naqshbandiy bobolar,  

                      Amir Temur, UIug‘bek,  

                      Shoir Bobur Mirzolar. 

 

4- o’quvchi:  Hazrat Navoiy bobom 

 So'z mulkining sultoni. 

 Do’ st bo’lishga chaqirgan

  Barcha xalqni, dunyoni. 

 

5- o’quvchi:  Ma’naviyat ildizi  

Oilada bo'ladi.

 Oila sog’lom esa, 

Ezguliklar unadi. 

 

6- o’quvchi:  Mustahkam oilaning 

 Jamiyatga nafi bor.  

Mustahkam jamiyatdan

 Mamlakat ham barqaror. 

 

7- o’quvchi:  Millatning ravnaqida  

Eng oldin zarur ilm. 

Inson kamolotining  

Garovi erur ilm.

 

 8- o’quvchi:  Aql-idrok, tafakkur

                      Hukmron bo'lsa bizda,  

                      Ma’naviyat qudrati  

                     Anglanar har bir so‘zda.

 

 9- o’quvchi:  Ma’naviyat aslida  

Qotgan aqida emas. 

 Doimiy harakatda, 

Buni tushunolsak bas. 

 

10- o’quvchi:  Bu uzluksiz jarayon,

                        Davomli taraqqiyot.

                        Talablari cheksizdir, 

                         Hali bor ekan hayot. 

 

11- o’quvchi:  G'oyaga qarshi g‘oya, 

 Fikrga qarshi fikr, 

Jaholatga -  ma’rifat, 

Bu -  bobomiz so‘zidir. 

 

12- o’quvchi:  Xalqim ulkan karvondir

                       Ulug‘ yo’lga otlangan. 

                      Ko'rolmas g'animlar bor,  

                      Pisib paytni poylagan. 

 

13- o’quvchi:  Ammo xalq karvonini  

Qaytarolmas hech beor.  

Xalq qalbida to zo‘r kuch – 

 Yuksak ma’naviyat bor. 

 

14- o’quvchi:  Vatan taraqqiyoti  

Biz yoshlarga bog'liqdir.

 Ma’naviy kamoloti  

Biz yoshlarga bog'liqdir. 

 

15- o’quvchi:  Ushbu iqbol darsligin  

Dastur qilib olaylik.  

Ma’naviy boy, baquvvat,  

Oqil farzand bo’laylik.

 

16- o’quvchi:   0 ‘z o‘ziga bek yurtning  

    Fidoyisi biz yoshlar.

    Bobomizning kitobi 

    Yorqin manzilga boshlar.

 

17- o’quvchi:   

– Ushbu tinch yer, osmon uchun,

Erkin, quvnoq zamon uchun,

Shunday shirin davron uchun,

Rahmat sizga, Islom bobo,

Hurmat sizga, Islom bobo.

 

18- o’quvchi:  Kundan-kunga turmush go‘zal,

Ezgu niyat dilda azal.

Deymiz doim: «Xalqim, yuksal!»

Rahmat sizga, Islom bobo,

Hurmat sizga , Islom bobo. 

 

19- o’quvchi:  Cho’qqilarni zabt etmoqlik ezgu ahdi,

Pisand emas hech bir g’ovning baland-pasti.

Yurtboshisi qo’llar, shundan baland dasti,

Yurtboshimiz farzandimiz – o’t yurakli.

Yurtimizga, xalqimizga eng kerakli!

 

 

20- o’quvchi:  Yosh avlodmiz –  orzulari ko’kni quchgan,

Ajdodlardan buyuk meros dilga ko’chgan,

Kelajakka umid qanotida uchgan.

Biz – kelajak avlodimiz – o’t yurakli,

Yurtimizga, xalqimizga eng kerakli!

 

 

21-o’quvchi: Tilagimiz – shunday baxtli zamon bo’lsin,

Bu kun – yorug’ ertaga ham tole kulsin.

Baxtimizga yurtboshimiz omon bo’lsin,

Udir jahon maydonida zarb bilakli.

Yurtimizga, xalqimizga eng kerakli!

 

 

1-boshlovchi: Shu bilan bugungi tadbirimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Yana mana shunday ajoyib tadbiru bayramlarda uchrashguncha. Xayr, omon bo‘ling!

Read 15361 times Last modified on Chorshanba, 03 May 2017 17:05
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 35 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family