wrapper

Yangiliklar

Darsning maqsadi: o’quvchilarga kompyuter, uning asosiy qurilmalari, ularning ishlash  prinsiplari va vazifalari haqida tushuncha berish;

                            

   Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarda yakka va  jamoada ishlash,

                                 izlanish, o’zaro ishoch va hurmat kabi  sifatlarni

                                 tarbiyalash;

   Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarning erkin mustaqil va mantiqiy

                                 fikrlash qobiliyatlarini  rivojlantirish, fikrlarini qisqa va

                                 lo’nda ifodalay olish qobiliyatlarini shakllantirish,

                                 matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan

                                 xabardor bo‘lish  hamda foydalanish kompetensiyasi

                                 shakllantirish.

   Dars uslubi: modеlli dars

   Dars usuli: O’tilganlarni takrorlash, taqdimot, eksprеss tеst, « Tushunchalar

                      tahlili tеxnologiyasi

   Dars jihozi: tarqatmalar, tеst savollari, kompyutеr, mavzuga oid standart  

                         plakat

   Darsning  rеjasi:          1.Tashkiliy kism – 2 daqiqa

                                    2.Jalb kilish – 10 daqiqa

                                   3.Idrok etish - 15 daqiqa

                                   4.Fikrlash -  15 daqiqa

                                   5.Baholash va vazifa – 3 daqiqa

   Darsning borishi:

   Darsning tashkiliy qismida sanaga bogliq yangiliklar,muhim voqеalar haqida suhbatlashaman.

  O’quvchilarni guruhlarga bo’lib olaman:

1.    Kompyuter guruhi.

2.    Protsessor guruhi.

3.    Registr guruhi.

 

Guruhdagi o’quvchilar javobini baholash uchun quyidagilardan foydalanaman:

- to’la javob uchun

 

to’la bo’lmagan  javob uchun

I.Jalb etish bosqichida o’tilgan mavzuni takrorlaymiz.

Buning uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni  bеraman:   

·      Birinchi tabiiy hisoblash vositalariga misollar keltiring.

·      Sun’iy hisoblash vositalariga misollar keltiring.

·      Mexanik mashinalar davrini kim boshlab berdi?

·      Birinchi hisoblash mashinasining ixtirochisi kim?

·      Ayirmali mashinani kim kashf qilgan?

·      “ENIAC” qachon, qayerda qurilgan?

 

         II.Idrok etish  bosqichida o’quvchilarni yangi mavzu bilan tanishtiraman. Mavzuni yoritishda “Tushunchalar tahlili” texnologiyasini qo’llashimizni aytaman. Unga ko’ra har bir guruhga tarqatmada mavzuga oid ma’lumotlar beriladi. O’quvchilar yakka tartibda  tarqatma materiallarda mavzu bo’yicha berilgan  tushunchalar yoniga egallagan  bilimlari asosida izoh yozadilar.

Tarqatma materialda mavzu bo’yicha berilgan tushunchalarni o’qiyman va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to’g’ri izoh belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali tanishtiriladi.Har bir o’quvchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblarning farqrlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo’laladilar,o’z –o’zini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.

  1-guruhga tarqatma:

     Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo'lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta'minoti.

1947- yilda Bell laboratoriyasi xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o'lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o'nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi. 1957- yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi. Tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr ichida EHMlarning quyidagi jadvalda qiyoslamasi berilgan to'rt avlodi ishlab chiqilgan.

  Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta

ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973- yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi.

 

2-guruhga tarqatma:

   Har qanday kompyuterning apparatli ta'minoti asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta'minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo'shimcha imkoniyatlar beradi. Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulatori,

printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo'ladi.

Asosiy plata yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar bo'lib, unga ba'zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali -- shinalar (simlarning o'ramlari) yordamida bog'lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan ma'lumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.

Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya'ni, Central Processing Unit -- markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.

    i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko'rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlashi mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128

razryadli protsessorlar keng qo'llanilmoqda.

  Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

• arifmetik-mantiqiy qurilma;

• ma'lumotlar va adreslar shinasi;

• registrlar;

• buyruq jamlagichi;

• kesh, ya'ni kichik hajmli o'ta tezkor xotira;

• qo'zg'aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

 

3-guruhga tarqatma:

    Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlar saqlanadi.Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr -- ma'lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir

razryadida bir bit axborot joylashadi (ya'ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya'ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin.

    Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter -- moslashtiruvchi) - axborot

saqlagichlarga yozilgan raqamli audio- axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma.

    Video-plata (ing. Graphics adapter) -- murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig'imli video- platalar bilangina ishlaydi.

   Tarmoq platasi -- kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beradi.

“Tushunchalar tahlili” usuli yordamida quyidagi jadval orqali o’quvchilarning  atamalarga tushunchalar mosligini to’g’ri topishlarini aytaman. (Bu jadvalni guruhlarga alohida, o’zlariga mos holda berilishi ham mumkin )

 

Tushuncha

Talqin, tahlil

Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo'lib, ular bir nechta alomatlari bilan farqlanadi.

 

 

Elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor.

Birinchi integral sxemani ishlab chiqildi.

 

Dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilma

 

Elektron lampa ishini bajara oladigan qurilma

 

Kashfiyoti uchun 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan qurilma

 

 

Birinchi shaxsiy kompyuter

1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilgan qurilma

 

 

Asosiy va qo'shimcha

qurilmalar

Kompyuterning asosiy qurilmalari

 

 

Qo'shimcha qurilmalar

 

 

Sistema bloki tarkibi

 

 

 

Yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar

Kompyuter ishidagi mavjud shinalar

 

 

Mikroprotsessor,xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari turadigan joy

 

 

 

Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi

qurilmalarni boshqarish uchun mavjud elektron sxemalar

Ketma-ket

port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi

 

 

Parallel port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi

 

Arifmetik va

mantiqiy amallarni bajaradigan, xotira bilan bog'lanadigan va barcha qurilmalar

ishini boshqaradigan qurilma

 

 

Intel Pentium Pro mikroprotsessorida

saqlaydigan  tranzistorlar

 

 

 

Uning tezligi (taktli chastota) va

razryadlar soni bilan belgilanadi

1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadigan va Gs (gers) bilan

ifodalanadigan kattalik

 

Intel Pentium IV protsessori tezligi

 

 

 

Uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlashi mumkin bo'lgan

bitlar miqdori bilan aniqlanadi

 

Berilgan dastur va zarur ma'lumotlar

asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik

ishlashini ta'minlovchi qurilma

 

Tezkor xotira qurilmasi (TXQ)

.

 

Ma'lumotlarni ikkilik shaklida

vaqtinchalik saqlab turish uchun

mo'ljallangan qurilma

 

 

 

Elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydigan mitti elektron sxema

Mashina so'zining uzunligi

 

 

 

Protsessor ishini tezlashtirish

hamda zaruriy sifat ko'rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladigan qurilma

 

Tovush platasi (ing. Sound adapter,

adapter -- moslashtiruvchi)

 

 

Murakkab tasvirlar va

millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata

 

Dasturlar va o'yinlar ishlaydigan video-

platalar sig’imi

 

 

Kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beruvchi plata

 O’quvchilar javobini quyidagi jadval orqali tekshiraman. Buni kompyuter orqali bajaraman.

 

Tushuncha

Talqin, tahlil

Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo'lib, ular bir nechta alomatlari bilan farqlanadi.

Asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta'minoti.

1947- yilda Bell laboratoriyasi xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan qurilma ishlab chiqildi.

Elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor.

Birinchi integral sxemani ishlab chiqildi.

1957- yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi tomonidan.

Dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilma

Kompyuter

Elektron lampa ishini bajara oladigan qurilma

Tranzistor

Kashfiyoti uchun 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan qurilma

Tranzistor

1973- yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan qurilma

Birinchi shaxsiy kompyuter

1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilgan qurilma

Kompyuter

Kompyuterning apparatli ta'minoti

Asosiy va qo'shimcha

qurilmalar

Kompyuterning asosiy qurilmalari

 

Sistema bloki, monitor va

klaviatura

Qo'shimcha qurilmalar

 

Sichqoncha manipulyatori,

printer, plotter, skaner, modem, web-kamera

Sistema bloki tarkibi

 

Korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat

bloki

Asosiy plata

Yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalar

Kompyuter ishidagi mavjud shinalar

 

Berilganlar (berilgan ma'lumotlar) shinasi,adreslar shinasi, boshqarish shinasi

Mikroprotsessor,xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari turadigan joy

 

Asosiy plata

Kontroller

Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi

qurilmalarni boshqarish uchun mavjud elektron sxemalar

Ketma-ket

port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi

 

Qurilmalarga bitlarda

uzatadi

Parallel port protsessordan ma'lumotlarni baytlarda oladi

Qurilmalarga baytlarda uzatadi

Arifmetik va

mantiqiy amallarni bajaradigan, xotira bilan bog'lanadigan va barcha qurilmalar

ishini boshqaradigan qurilma

 

Protsessor

Intel Pentium Pro mikroprotsessorida

saqlaydigan  tranzistorlar

 

5,5 milliondan ortiq

Protsessorning ish unumdorligi

 

Uning tezligi (taktli chastota) va

razryadlar soni bilan belgilanadi

1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadigan va Gs (gers) bilan

ifodalanadigan kattalik

Protsessorning tezligi

Intel Pentium IV protsessori tezligi

 

1700 MGs va undan yuqori

Protsessorning razryadlari

soni

 

Uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlashi mumkin bo'lgan

bitlar miqdori bilan aniqlanadi

Protsessor

Berilgan dastur va zarur ma'lumotlar

asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik

ishlashini ta'minlovchi qurilma

 

Tezkor xotira qurilmasi (TXQ)

.

Ishlash jarayonida protsessor

foydalanadigan barcha axborot va dasturlar saqlanadigan joy

Ma'lumotlarni ikkilik shaklida

vaqtinchalik saqlab turish uchun

mo'ljallangan qurilma

Registr

 

Trigger

 

 

Elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydigan mitti elektron sxema

Mashina so'zining uzunligi

 

Baytlarda o'lchanib, u 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin

Tovush, video va tarmoq platalari

Protsessor ishini tezlashtirish

hamda zaruriy sifat ko'rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladigan qurilma

 

Tovush platasi (ing. Sound adapter,

adapter -- moslashtiruvchi)

 

Axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio- axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma

Murakkab tasvirlar va

millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata

Video-plata (ing. Graphics adapter)

Dasturlar va o'yinlar ishlaydigan video-

platalar sig’imi

64 Mb yoki 128 Mb

Tarmoq platasi

Kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beruvchi plata

 

 III.Fikrlash bosqichida o’quvchilar yangi olgan bilimlarini mustahkamlash  uchun eksprеss tеst tuzihlarini va o’zaro almashish usulida tеkshirishlarini aytaman, ya’ni guruhlar bir- birining javobini tekshiradilar:

   Test savollari

1.        1947- yilda Bell laboratoriyasi xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan ishlab chiqilgan hamda elektron lampa ishini bajara oladigan qurilma nomini ko’rsating.

A)  Integral sxema          B) transistor                  C) protsessor       D) registr

 

2.    1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan ixtiro qaysi?

A)  protsessor       B ) registr   C) Integral sxema          D)  transistor      

 

3.     Birinchi shaxsiy kompyuter qachon ishlab chiqarilgan?

A)  1973        B ) 1957     C) 1977               D)  1979

    

4.    Kompyuter  "Apple Computer" firmasi tomonidan qachon  mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi?

A)  1973      B ) 1957     C) 1979               D)  1977

 

5.    Kompyuterning apparatli ta'minoti qanday qurilmalardan tashkil topgan?

A)  asosiy va qo'shimcha         B) asosiy    C)  qo'shimcha  D) muhim

 

6.    Kompyuterning asosiy qurilmalariga nimalar kiradi?

A)  sistema bloki, monitor va klaviatura

B)   sichqoncha manipulatori

C)  printer, plotter, skaner, modem, web-kamera

D)  sichqoncha manipulatori, printer

 

7.    Kompyuterning qo’shimcha qurilmalariga nimalar kiradi?

A)  sichqoncha manipulatori

B)   printer, plotter, skaner, modem, web-kamera

C)  sistema bloki, monitor va klaviatura

D)  sichqoncha manipulatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera

 

8.     Yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemalardan iborat bo'lib, unga ba'zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali - shinalar (simlarning o'ramlari) yordamida bog'lanadigan qurilma nima?

A)  Asosiy plata     B) port        C) slot        D) controller

 

9.    Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradigan qurilma qaysi?

A)  Protsessor       B) transistor                  C) registr    D) integral sxema

 

10. Protsessorning ish unumdorligi nima bilan o’lchanadi?

A)  Tezligi va razryadlar soni bilan

B)   bir vaqtning o'zida baravariga ishlashi mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan

C)  xotira hajmi bilan

D)  tezligi bilan

 

11.Protsessor nechta qismdan iborat?

A)  5 ta        B) 6 ta        C) 3ta                  D) 4ta

12.Kompyuter ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlar qayerda saqlanadi?

A)  Tezkor xotirada        B) tovush platasida   C) kontrollerda D) shinada

 

13.Tezkor xotira qurilmasi nimalardan tashkil topgan?

A)  Registrlardan   B) triggerlardan    C) shinalardan      D) slotlardan

 

14.Mashina so'zining uzunligi qanchaga teng bo'lishi mumkin?

A)  2, 4, 8 baytga      B) 0, 1 baytga      C) 2, 4, 8 bitga D) 8 bitga

 

15.Axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio- axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilmani ko’rsating:

A)   Tovush platasi            B) video-plata    C) tarmoq platsi    D) A va B

 

16.Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar video- platalar qanday sig’imli video-platlar bilan ishlaydi?

A)  64 Mb yoki 128 Mb       B) 144 Mbayt       C) 680-720 Mbayt D) 4,7 Gb

 

 

 

 

 

   Test javobi:

 

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

J

A

D

A

D

A

A

D

A

A

A

B

A

A

C

A

A

 

    Dars davomida yig’ilgan ballarni jamlab go’lib guruhni aniqlayman, eng ko’p to’plangan ballar hisobidan esa o’quvchilarning baholarini  aytaman.Sinf jurnali va o’quvchilar kundaligiga qo’yaman. Darsni yakunlab, o’quvchilarga uyga vazifa beraman.

  

 

Uyga vazifa:

1. Darslikdagi 2-mashq.

2. Test tuzish (10 ta va undan ortiq).

 

Last modified on Chorshanba, 26 Aprel 2017
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 32 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family