wrapper

Yangiliklar

Darsning maqsadi: o’quvchilarga kompyuter, uning asosiy qurilmalari, ularning ishlash  prinsiplari va vazifalari haqida tushuncha berish;

Mavzu

Dars mavzusi: Kompyuterlar

Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o’quvchilarga kompyuter, uning asosiy qurilmalari,

                                 ularning ishlash  prinsiplari va vazifalari haqida

                                 tushuncha berish;

 Darsning ta’limiy vazifasi: o’quvchilarda yakka va  jamoada ishlash,

                                 izlanish, o’zaro ishoch va hurmat kabi  sifatlarni

                                 tarbiyalash;

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarning erkin mustaqil va mantiqiy

                                 fikrlash qobiliyatlarini  rivojlantirish, fikrlarini qisqa va

                                 lo’nda ifodalay olish qobiliyatlarini shakllantirish,

                         matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan

                                 xabardor bo‘lish  hamda foydalanish kompetensiyasi

                                 shakllantirish.

 

O‘quv jarayonining mazmuni

Kompyuterlar, uning tuzilishi,asosiy qurilmalar,  registr, protsessor, doimiy xotira, asosiy plata.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: “Idrok xaritasi”

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Vosita: darslik, tarqatma materiallar, plakatlar.

Usul: Taqdimot slaydlari.

Nazorat:

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar

O’quvchilar yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladilar.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

Olingan bilimlarni hayotga tatbiq eta olish.

Asosiy tushunchalar: Kompyuterlar, uning tuzilishi,asosiy qurilmalar,  registr, protsessor, doimiy xotira, asosiy plata, tarmoq, tovush va video plata,

 

 Darsning blok-chizmasi 

 

Dars bosqichlari

Vaqt

Usullar

1

Tashkiliy qism: a) suhbat;

                         b) guruhga bo’lish.

2  daqiqa

Suhbat

2

O‘tilganlarni takrorlash

8 daqiqa

Savol-javob, “Sherigini toping”

3

Yangi mavzu ustida ishlash

18daqiqa

“Idrok xaritasi”

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15daqiqa

Jadval,savol-javob

5

Uyga vazifa

2 daqiqa

Savollar,mashqlar 


Guruhning boshqa ishtirokchilariga “Aqliy hujum” usulida quyidagi savollarni beraman:

  • Birinchi tabiiy hisoblash vositalariga misollar keltiring.
  • Sun’iy hisoblash vositalariga misollar keltiring.
  • Mexanik mashinalar davrini kim boshlab berdi?
  • Birinchi hisoblash mashinasining ixtirochisi kim?
  • Ayirmali mashinani kim kashf qilgan?
  • “ENIAC” qachon, qayerda qurilgan?

    

III.Yangi mavzuni yoritish.

      O’quvchilarning javobini izohlayman, to’ldiraman. Yangi mavzuni “Idrok xaritasi” usulida bayon etaman. Usulning maqsadini tushuntiraman:

Har bir guruhga asosiy tushunchani yozib, uning mantiqiy ketma-ketligini sxema orqali tasvirlashni aytaman.Guruh a’zolari javoblarini yozib boradilar, dars yakunida umumlashtirb, taqdimot qiladillar, xulosa ciqaradilar. Guruhlarning sxemalari quyidagi ko’rinishda bo’lishi lozim. Avvalo, EHM lar avlodi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beraman:

1-Kompyuter, uning qurilmalari.

2-guruhga: Protsessor haqida ma’lumot berish.

3-guruhga: tezkor xotira qurilmasi haqida tushuncha beradilar:

Guruhlarning barcha javoblarini izohlayman va  umumlashtiraman.

 

IV.Mavzuni mustahkamlash.

Buning uchun kompyuterda namoyish qilinadigan quyidagi jadvalni birgalikda ko’rib chiqamiz:

Mavzu yanada mustahkam bo’lishi uchun o’quvchilarga Internet manbalaridan olingan yangiliklarni ham aytaman. Mavzu yuzasidan savollar beraman:

  1. Hisoblash texnikasi rivojining nazariy asoslari haqida nimalar bilasiz?
  2. EHM avlodlari haqida nimalar bilasiz, ularni farqlab bering.
  3. Kompyuter qurilmalarini ayting.
  4. Asosiy plata haqida ma;lumot bering.
  5. Protsessorning vazifasi nima?
  6. Qanday platalarni bilasiz va ular nima uchun kerak?

 

V. O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berish.

 

Dars davomida o’quvhilar to’plagan ballarini jamlab, g’olib guruhni aniqlayman. Eng ko’p toplagan ball hisobiga ko’ra o’quvchilarni yakka tartibda ham baholarini e’lon qilaman.

 

Uyga vazifa:

1. Darslikdagi 2-mashq.

2. Test tuzish (10 ta va undan ortiq).    

Last modified on Chorshanba, 26 Aprel 2017
Login to post comments

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 28 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family