wrapper

Yangiliklar

Hayotillo

Hayotillo

PISA haqida

Batafsil

Logarifm haqida tushuncha.Eng sodda logarifmik tenglamalar

Mavzu: Logarifm haqida tushuncha.Eng sodda logarifmik tenglamalar.

                           Yusupova M.A- oliy toifali matematika fani o’qituvchisi, Xalq ta”limi a”lochisi.

  • Maqolada 10-sinf uchun algebradan dars ishlanmasi keltirilgan. Unda o’quvchilarga kompetensiyaviy yondashuv, “Pinbord” metodining qo’llanilishi,mavzuni mustahkamlash uchun “Piramida” o’yinidan samarali foydalanish haqida tavsiya berilgan. 
  • В статье дана разработка урока по алгебре для 10 –х классов. Kompetentsiyaviy, в которой подход к студентам, “Pinbord” методы следует применять к теме укрепления “пирамида” игры про эффективного использования с учетом рекомендую. Применение этой игры позволяет стимулировать разнообразие творческой деятельности обучающихся, дает       возможность увеличить на       уроке объем информации, позволяет воспитывать навыки       самоконтроля, повышает интерес к предмету у учащихся.
  • there is a didactic game of "7х7" . Application of this game allows       to stimulate the variety of creative activity       of student, gives an opportunity to increase the volume of information on a lesson, allows       to bring up skills of self-control, promotes interest in an object at students 
  • Tayanch so’zlar: kognitiv kompetensiya, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; milliy va umummadaniy kompetensiya, logarifm so’zininh lug’aviy ma’nosi,asosiy logarifmik ayniyat . Batafsil

Kitob-hikmatlar xazinasi

Kitob-hikmatlar xazinasi

     Zal bayramona bezatiladi. Kitob, kitobxonlik haqida hikmatli so’zlar, allomalar fikrlari, shoir va yozuvchilarning portrеtlari bilan bеzatiladi. Shuningdеk, turli badiiy kitoblardan namunalar, ular haqida ma'lumot bеruvchi buklеtlar ham qo’yiladi.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar, qalbi ummondek yuksak bo’lgan ustozlar ! (1-slayd)

 

2-boshlovchi: Assalomu alaykum bilimga chanqoq tengdoshlar, aziz o’quvchilar! (1-slayd)

Batafsil

Faol tadbirkor

Batafsil

Фаол тадбиркор-элга мададкор

Машғулот ишланмаси

Ўқитувчи: Ассалому алайкум азиз ўқувчилар, меҳрибон устозлар !

1-ўқувчи: Хуш келибсиз меҳмонлар

                             Ассалом сизга,

                             Табаррук инсонлар

                             Минг таъзим сизга

2-ўқувчи: Яна бир таъзим

                Дилдан эҳтиром,

                Мўътабар мураббий,

                Сизга минг салом

3-ўқувчи:Ассалом, мустақил Ўзбекистоним!

                       Ассалом, қудратли, нурли бўстоним.

                       Соғлом фарзандларинг муборак бўлсин!

                       Биздек фарзандларинг доим бор бўлсин.

Batafsil

Matematikaga integtativ yondashuv- «Intergratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan

Matematikaga integtativ yondashuv-

«Intergratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan. 

Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talkqin etiladi:

birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon. 

ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. 

O‘quv fanlariaro aloqadorlik (integtatsiya) ta’minlangan sharoitda o‘quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni turli o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.

Matematikada yangi mavzuni tushuntirib, masalalarni yechganda, ularni boshqa o‘quv fanlari bilan aloqadorlikda amalga oshirilishiga erishish kerak. Natijada o‘quvchilar o‘rganilayotgan mavzuni chuqurroq tushunib, matematik hodisalarni samarali o‘zlashtiradilar. 

Matematika shunisi bilan qiziqarliki, uning tarkibidagi tushunchalar, algoritmlardan har qanday o‘quv fani mazmunida foydalanish mumkin. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash turli ta’lim sohalari mazmunida taqdim etiladigan bilim va tushunchalarni bir xilda talqin qilishni ko‘zda tutadi. Birgina tushunchaning turli o‘quv fanlari tarkibidagi mazmunini o‘quvchilarga o‘quv fanlari orqali ochib berish zarur. Shu maqsadda quyida matematika va iqtisod fanalariaro aloqani ochib beruvchi “Matematika va iqtisod-do’st inoqdir umrbod” deb nomlangan rolli darsni taqdim qilmoqchiman:

Batafsil

Natija yakuniy

Batafsil

Matematika xonasini jihozlash

O’quv xonalari, matematika kabinetlarining

namunaviy jihozlanish ro’yxati va normativlari.

(2 soat amaliy mashg`ulot)

Reja:

Kirish

Fan xonasiga kuyiladigan umumiy talablar 

Namoyish uchun moslamalar:

O’quv fan xonalarining zaruriy hujjatlari:

Fan xonasining umumiy ko`rinishi

Batafsil

Matematika fan oyligi

Umumta’lim maktablarida Matematika fani oyligini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar

 

Umumta’lim maktablarida mana  bir necha yillardan buyon  har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,  bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir. 

Batafsil

Men xaqimda

Men 19 aprel 1970 yilda Qorasuv shahrida tavallut topganman. 1991 yilda Andijon Davlat pedagogika institutini tamomlaganman. Ma'lumotim bo'yicha mutahasisligim: Matematika va informatika. 1996 yildan hozirgacha Qorasuv shahar 5-umumta'lim maktabida matematika fani o'qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqdaman.

Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi tarmoqlardan olishingiz mumkin

Ta'lim portallari

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ...
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va ...
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi

Hozir saytda

Hozir 14 mehmon va bitta ham ro'xatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q

Hurmatli saytim mehmolari diqqatiga!

Assalomu alaykum saytim mehmonlari!

Hozircha saytimda ayrim servislar islamayapdi, bu noqulayliklarni bartaraf etish uchun ish olib borilmoqda tez orada bartaraf qilaman.

Template Settings

Color

For each color, the params below will give default values
Blue Green Red Radian
Select menu
Google Font
Body Font-size
Body Font-family